Çili tarixidagi eng yoş Prezident saylandi

Çili tarixidagi eng yoş Prezident saylandi

Çilidagi saylovlarda söl qanot vakili Gabriyel Boriç ğalaba qozondi. 35 yoşli sobiq talaba öng qanot vakili bölgan raqibi Xose Antonio Kastdan 8 foizdan ortiq ovoz töplab, ğalaba qozongan.

Rasmiy natijalarga köra, Boriçga umumiy saylovçilarning 56 foizi, Kastga esa 44 foizi ovoz bergan. Saylov uçastkalari yopilganidan bir yarim soat ötgaç, önglar vakili mağlubiyatini tan olgan.

Boriç saylovoldi kompaniyasida öz tarafdorlariga demokratiyani taʼminlaş va Çili neoliberal iqtisodiy modelini çeklaşni vaʼda qilgan.

Endi u, sönggi yillarda tengsizlik va korruptsiyaga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari ortidan holdan toygan mamlakatni boşqaradi.

"Bizning oldimizda juda katta vazifa turibdi. Bilaman, kelgusi yillarda mamlakatimiz kelajagi xavf ostida, şuning uçun men demokratiya uçun qayğuradigan va uni xavf ostiga qöymaydigan, gapirişdan köra köproq tinglaydigan, birlikka intiladigan Prezident bölişimga kafolat beraman", deya taʼkidlagan u öz tarafdorlariga.

Bir paytlar Lotin Amerikasidagi eng barqaror iqtisodga ega bölgan Çili, BMT maʼlumotlariga köra, sönggi yillarda dunyodagi eng katta daromad nomutanosibligiga ega davlat bölib qolmoqda. Maʼlumotlarda keltirilişiça, aholining 1 foizi mamlakat boyligining 25 foiziga egalik qiladi.

Yangi saylangan Prezident, bu tengsizlikni ijtimoiy huquqlarni kengaytiriş, mamlakatda pensiya va soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş, şuningdek, iş haftasini 45 soatdan 40 soatgaça qisqartiriş va "yaşil investitsiya"larni köpaytiriş orqali bartaraf etişga vaʼda bergan.

×