“Özbekkino” Rossiyada saqlanayotgan özbek filmlarini qaytarmoqçi

“Özbekkino” Rossiyada saqlanayotgan özbek filmlarini qaytarmoqçi

1-5 oktyabr kunlari Moskva va Qozon şaharlarida Rossiyada Özbek kinosi kunlari bölib ötişi xabar qilingandi.

“Gosfilmofond”da saqlanayotgan özbek filmlari qaytarilişi mumkin

Kino kunlarini ötkazişdan asosiy maqsad Rossiyada özbek kinematografiyasini ommalaştiriş, mamlakatlar, tarixan yaqin xalqlar örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaş va mamlakatlar örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaşdan iborat.

“Özbekkino” milliy agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqov turli yillarda yaratilgan va bugungi kunda Rossiyaning “Gosfilmofond”da saqlanayotgan özbek filmlarini qaytariş böyiça muzokaralar olib boradi.

Özbek kinosi olami yoşlariga mahorat darslari ötkaziladi

Tadbirlar “Özbekkino” Milliy agentligi, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi va Özbekiston Respublikasining Moskva şahridagi Elçixonasi tomonidan ötkazilmoqda.

"Mamlakatimiz uçun bölğusi kinokadrlarni şakllantirişning muhimligini yaxşi anglagar ekanmiz, Özbekiston delegatsiyasi tarkibiga bir guruh iqtidorli yoşlar ham kiritildi, ular uçun VGIK, Mosfilmga taşriflardan taşqari Rossiya kino sanʼatining közga köringan ustalari iştirokida mahorat saboqlari va treninglar ötkazamiz", dedi “Özbekkino” rahbari.

Manba: Aniq.uz

×