AQŞning Nyu-York şahrida “Ziyo Art” özbek maktabi iş boşladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Megapolisning Bruklik mavzesida joylaşgan maktab oçilişi joriy yilning 19 sentyabr kuni bölib ötgan. Tadbir Özbekistonning Nyu-Yorkdagi Boş konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora taşkiloti bilan birgalikda taşkil etildi.
Boş konsulxona maʼlumotlariga köra, maktab 16 Avenue O, Brooklyn NY 11204 manzilida joylaşgan bölib, quyidagi fanlar böyiça maşğulotlar olib boriladi: “Özbek tili va adabiyoti”, “Odobnoma”, “Tasviriy sanʼat”, “Şaxmat” va “Matematika”.
“Darslar şanba va yakşanba kunlari özbek tilida Özbekistondan olingan maxsus öquv materiallaridan foydalangan holda malakali öqituvçilar tomonidan olib boriladi. Öqituvçilar tanlov asosida saralab olingan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Boş konsulxona Özbekiston Hukumati nomidan özbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topşirgan.










