Özbekiston Qozoğiston bilan birga koinotga sunʼiy yöldoşlar uçirmoqçi

Özbekiston Qozoğiston bilan birga koinotga sunʼiy yöldoşlar uçirmoqçi

Özbekiston va Qozoğiston kosmosga özaro sunʼiy yöldoşlar guruhini uçiriş böyiça hamkorlik qilmoqçi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, vazirlik delegatsiyasi 2—3 sentyabr kunlari Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya tomonidan Ostona şahrida taşkil etilgan “Raqamli inklyuziya va transformatsiya böyiça Osiyo—Tinç okeani vazirlar konferentsiyasi”da iştirok etiş uçun xizmat safarini amalga oşirdi.

Uşbu tadbir doirasida vazir Şerzod Şermatov Qozoğiston Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuv davomida hamkorlik istiqbollariga eʼtibor qaratildi. Şuningdek, raqamli könikmalarni öqitişni taʼminlaş, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformatsiya böyiça mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlaş böyiça masalalar muhokama qilindi. Raqamli innovatsiyalarni jadallaştiriş uçun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, ikki mamlakat iştirokida kosmosga özaro sunʼiy yöldoşlar guruhini uçiriş böyiça hamkorlikni amalga oşiriş masalasini örganiş va tahliliy maʼlumotlarni 2024 yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab oliş muhokama qilindi.

×