Joriy yilning 3 sentyabr kuni Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasiga bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaatga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi “AIF” platformasining faoliyati örganildi. Örganiş jarayonida uşbu platforma ayni paytda öz faoliyatini nomaʼlum sababga köra töxtatganligi va murojaat qiluvçi şaxslarga juda köp miqdorda moddiy zarar yetkazilganligi maʼlum böldi.
Şundan kelib çiqib, 3 sentyabr kuni mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasini 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablağlarini va boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Jinoiy hodisani va jinoyat sodir etişda aybdor bölgan şaxslarni aniqlaş, şuningdek tergov jarayonini tez va sifatli amalga oşiriş maqsadida viloyat içki işlar organlarining malakali tergovçilaridan iborat tergov guruhi tuzildi.
Xozirda tergov guruhi tomonidan mazkur jinoyat işi doirasida jabrlanuvçilar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlaşga kirişilgan.
Şu bois, uşbu platforma natijasida moddiy zarar körgan şaxslardan Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasiga murojaat qilişlari söraladi.









