Özbekistondagi eng katta harbiy temir yöl platformasi foydalanişga topşirildi

Özbekistondagi eng katta harbiy temir yöl platformasi foydalanişga topşirildi

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonida Mudofaa vazirligi hamda “Özbekiston temir yöllari” AJ bilan hamkorlikda Maroqand temir yöl bekatida jangovar va harbiy texnikalarni yuklaş va tuşiriş inoşooti bölgan Özbekistondagi eng katta temir yöl platformasi barpo etildi va foydalanişga topşirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning foydlanişga topşirilişiga bağişlangan tadbirda Markaziy harbiy okrug qömondonligi, Mudofaa vazirligi maʼsul ofitserlari, “Özbekiston temir yöllari” AJ xodimlari, faxriylar, quruvçi va pudratçilar hamda harbiy xizmatçilar iştirok etişdi.
Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Oybek Saidov hamda “Buxoro mintaqaviy temir yöl uzeli” unitar korxonasi rahbari Alijon Ergaşev kelgusida uşbu temir yöl bekati xalqaro musobaqalar uçun qulaylik yaratişi va qurolli kuçlarning favqulodda vaziyatlarga şayligini oşirişga xizmat qilişini takidlaşdi.

Uşbu poyezd vagonlari har qanday harbiy texnikalarni yuklaş va tuşiriş imkoniyatlari yaratilişi bilan birga texnikalarning xavfsizligini taʼminlovçi harbiy xizmatçilar uçun ham şaroitlar yaratilgan.

×