Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy armiyaning Kursk viloyatidagi maqsadi “bufer zona yaratiş” ekanini aytdi. Bu haqda u özining Telegram kanalida maʼlum qildi.
“Toretsk yaqinida Rossiya harbiy texnikasini yöq qilişda biz uçun muhim va ijobiy natijalar qölga kiritildi. Bularning barçasi Ukrainani himoya qilişdan ham köproq ahamiyatga ega — hozirda mudofaa harakatlarimizning asosiy vazifasi Rossiyaning jang salohiyatini iloji boriça köproq yöq qiliş va maksimal darajada qarşi hujumlar uyuştirişdir. Xususan, bu bosqinçi davlat hududida bufer zonasini yaratişni ham öz içiga oladi. Kursk viloyatidagi operatsiyamiz ham şu maqsadga qaratilgan”, dedi Zelenskiy.
Şuningdek, u boş qömondon Aleksandr Sirskiyning şarqdagi vaziyat, Kursk viloyatidagi harakatlar, asirlarni ayirboşlaş fondi va brigadalarni töldiriş masalalari böyiça hisobotini tinglaganini aytdi.
“Hamkorlarimizdan qurol yetkazib beriş masalasida tezkorlik talab etilmoqda. Uruşda taʼtil yöq. Qarorlar kerak, eʼlon qilingan paketlarning öz vaqtidagi logistikasi zarur. Ayniqsa, hozir men bu borada Qöşma Ştatlar, Buyuk Britaniya va Frantsiyaga murojaat qilmoqdaman”, deya qöşimça qildi siyosatçi.









