Rossiya va Ukraina muzokaralar töxtatilganini maʼlum qildi

Rossiya va Ukraina muzokaralar töxtatilganini maʼlum qildi

Ayni paytda Moskva va Kiyev örtasida tinçlik muzokaralari olib borilmayapti. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Andrey Rudenko maʼlum qildi.

«Ukraina aslida muzokaralar jarayonidan çiqib ketgan», — dedi u va Kiyev Rossiya tomonidan taqdim etilgan şartnoma loyihasiga öz javobini bermaganini qöşib qöydi. Rudenkoning fikriça, Ukraina tomoni muzokaralarning «avvalgi bosqiçlarida kelişilib bölgan qoidalarni puçga çiqarişga harakat qilmoqda.

Keyinroq muzokaralardagi pauzani Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak ham tasdiqladi.

«Ukraina va RF örtasidagi muzokaralar jarayoni töxtatildi. Ammo u qaytadan boşlanadi va, menimça, moderator Zelenskiy böladi», — dedi Podolyak. Uning qöşimça qilişiça, Ukraina «Putinning obrösini saqlab qoliş uçun» nimadandir voz keçmoqçi emasligini, çunki «jamiyat katta tovon tölab qöygan».

Muzokaralarning sönggi yuzma-yuz raundi Istanbulda aprel boşida bölib ötgandi. Uning yakunlariga köra ikkala tomon muzokaralar jarayonida muayyan progressga erişilganini maʼlum qilgandi. Köp ötmay Moskva Kiyevni tutriqsizlikda va kelişilgan bitimlardan oğişga urinişda ayblaşni boşladi. Ukraina hukumati, öz navbatida, vaqt ötişi bilan Rossiya armiyasi jinoyatlari haqidagi maʼlumotlar fonida Ukraina jamiyati RF bilan qandaydir bitimlarga tobora kamroq tayyor bölib borayotganini ayta boşladi.

Avvalroq Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik muzokaralari turğun holatda ekani malum qilingandi

 . Rossiya muzokaralarning buzilişida Ukrainani aybladi. «Ukraina siyosatçilarining bayonotlari ularning muzokaralarni davom ettirişni istamasligidan yaqqol dalolat beradi», — dedi Rossiya Taşqi işlar vazirligining axborot va matbuot departamenti direktori örinbosari Aleksey Zaytsev.

×