Özbekistonda oktyabrdan jarimalar miqdori ham oşadi

Özbekistonda oktyabrdan jarimalar miqdori ham oşadi

Özbekistonda 1 sentyabrdan oylik, pensiya va nafaqalar miqdori oşirilişi, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 söm, bazaviy hisoblaş miqdori – 375 000 söm etib belgilanişi xabar qilindi. Bu esa bazaviy hisoblaş miqdoriga qarab hisob-kitob qilinuvçi jarimalar narxida ham endilikda kötariliş bölişini anglatadi:

  • Taqilmagan kamar uçun – 187 500 söm;
  • Texnik körik, birinçi tibbiy yordam töplami bölmaganlik uçun – 187 500 söm;
  • Transport vositasini hujjatsiz haydaganlik uçun – 375 000 söm;
  • Transport vositasini suğurtasiz haydaş – 375 000 söm;
  • Svetoforda qizil çiroqdan ötiş –750 000 söm;
  • Noqonuniy parkovka qilganlik uçun ham – 750 000 söm.
  • Davlat raqamisiz avtomobilni boşqariş: – 1mln 875 ming söm;
  • Tezlik (+20 km/soat): 375 000;
  • Tezlik (+20-40 km/soat): 1 mln 875 ming söm;
  • Tezlik (40+ km/soat): 3 mln 375 ming söm;
  • Qarama-qarşi tirbandlikda harakatlanganlik uçun – 3 mln 750 ming söm;
  • Mast holatda transport vositasini boşqariş – 9 mln 375 ming söm va 3 yilgaça maşina boşqariş huquqidan mahrum qiliş.
  • Ruxsatsiz rang berganlik – 9 mln 375 ming söm
  • “Tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalaniş uçun esa – 15 mln söm jarima tölanadi.

Şuningdek, belgilanmagan joyga çiqindi taşlaş Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga asosan, 375 mingdan 1 mln 125 ming sömgaça, jamoat joylarida sigaret çekkanlik uçun esa 125 ming söm jarimaga tortiladi.


Teglar:
×