Ayrim jarimalar miqdori keskin kamaytirilmoqda

Ayrim jarimalar miqdori keskin kamaytirilmoqda

Şavkat Mirziyoyev «Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun maʼmuriy jazolar liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi Qonunni imzoladi.

Hujjatga köra:

- haydovçilarga transport vositasini boşqariş vaqtida uyali aloqaning xavfsiz va qölni band qilmaydigan texnik vositalaridan (quloqçin, bluetooth) foydalanişga ruxsat berilmoqda;

- transport vositasini boşqariş paytida salonning old qismiga örnatilgan monitordan tele-, videodasturlarni tomoşa qilişga qöyilgan taqiqni saqlab qolgan holda, monitorni örnatganlik uçun javobgarlik bekor qilinmoqda;

- MJtKning 4 ta moddasi böyiça jazo miqdori huquqbuzarlikning xavflilik darajasi va xorijiy tajribadan kelib çiqqan holda maqbullaştirilmoqda. Jumladan, aholining ayrim qatlamlari uçun moddiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan, avtomobilda yölovçilar taşiş faoliyati bilan litsenziyasiz şuğullanganlik uçun (fuqarolar uçun – 27 mln sömdan 1,9 mln sömgaça, mansabdor şaxslar uçun – 40 mln sömdan 8,1 mln sömgaça kamaytirilmoqda) va boşqalar;

- transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlar haydovçining yonida bölmaganligi uçun javobgarlikka tortiş tartibi bekor qilinmoqda. Bunda, haydovçining yonida şaxsini tasdiqlovçi hujjati (pasport, ID-karta) mavjud bölişining özi yetarli ekanligi belgilanmoqda.

×