Özbekistonda ayrim jarimalar miqdori kamaytiriladi

Özbekistonda ayrim jarimalar miqdori kamaytiriladi

Özbekistonda yöl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uçun maʼmuriy jazolar yengillaştirilişi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritilişi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga matbuot xizmatiga tayanib “Daryo” maʼlum qildi.

Tahlillar natijasida aniqlanişiça, haydovçilar tomonidan töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarining buzilişi aksariyat hollarda maşinani töxtatişga majbur bölingan joylarda vaqtinça töxtaş uçun şaroit yaratilmagani va bunday joylarda taqiqlovçi belgilar mavjudligi oqibatida sodir etilmoqda.

Deputat Faxriddin Samadovning taʼkidlaşiça, örganişlar davomida kodeksdagi yöl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarima miqdorini eng kam va eng köp miqdorini belgilaş davomida — huquqbuzarlikni tasniflaş amaliyotida korruptsion holatlarning kelib çiqişiga imkon beruvçi mavhum normalar borligi ham aniqlangan.

Taklif etilayotgan qonun loyihasiga köra, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54, 123, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan «eng kam» va «eng köp» miqdorda belgilangan jarimalarning eng kam darajasi saqlanib, eng köp darajasi çiqarib taşlanyapti.

Maʼlumot uçun

Amaldagi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş) birinçi qismi asosida fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ning 5 barobari (13 yanvar holatiga köra 1 115 000 söm)gaça miqdorda, ikkinçi qismi asosida esa BHMning 20 barobari (4 460 000 söm)dan 30 barobari (6 690 000 söm)gaça jarima solinişi mumkin.

23-modda (transport vositalaridan axlat yoki boşqa narsalarni taşlab yuboriş) böyiça jarima BHMning beşdan bir qismi (44 600 söm)dan bir baravari (223 ming söm)gaça bölgan miqdorni taşkil etadi.

141-modda (transport vositalaridan şaxsiy boylik orttiriş maqsadida foydalaniş) böyiça jarima BHMning ikki barobari (446 ming söm)dan beş barobari (1 115 000 söm)gaça bölgan miqdorni taşkil etadi.

147-modda (yöllarga, yöl inşootlariga, yöl harakatini tartibga solib turuvçi texnik vositalarga şikast yetkaziş, ularni saqlaş qoidalarini buziş) birinçi qismi böyiça fuqarolarga solinişi mumkin bölgan jarima BHMning bir barobari (223 ming söm)dan uç barobari (669 ming söm)gaça bölgan miqdorni taşkil etadi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborotiga köra, deputatlar şu moddalardagi «eng köp» miqdorlarni yöq qilişni taklif qilmoqda.

Şuningdek, kodeksning 128-6-moddada belgilangan transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzganlik uçun jarima miqdori kamaytirilib, takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uçun jarima qöllaş normalari çiqarilmoqda. Jarima miqdori qançaga kamaytirilayotgani maʼlum qilinmagan, qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi saytining «Muhokama etilayotgan qonun loyihalari» sahifasida yöq.

Maʼlumot uçun

Amaldagi kodeksga muvofiq, haydovçi tomonidan töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini birinçi marta buziş bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ning uç baravari (13 yanvar holatiga köra 669 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi. Bir yil davomida sodir etilgan ikkinçi xuddi şunday qoidabuzarlik uçun BHMning beş barobari (1 115 000 söm), uçinçi qoidabuzarlik uçun BHMning 10 barobari (2 230 000 söm), törtinçi va undan keyingi har bir qoidabuzarlik uçun BHMning 15 barobari (3 345 000 söm) miqdorida jarima solinadi.

Oddiyroq qilib tuşuntirganda, hozir bir haydovçi yil davomida 10 marta töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzsa, jami 27 429 000 söm jarima tölaydi. Deputatlar jarima miqdorini qançaga kamaytirişni taklif qilgani maʼlum emas; jarima miqdori kamaytirilmay, deputatlarning takroriy qoidabuzarlik uçun oşirilgan jarima qöllaş amaliyotini bekor qiliş taklifi tasdiqlangan taqdirda ham, yil davomida 10 marta «parkovka» qoidalarini buzgan haydovçi «bor-yöği» 6 690 000 söm (amaldagi kodeks asosida soliş mumkin bölgan umumiy jarima miqdoridan 20 739 000 söm kam) jarima tölaşi kerak böladi.

“Xalq noiblari uşbu hujjatning qabul qilinişi kelgusida yöl transport sohasidagi qoidabuzarlik uçun jarimalar belgilaşda korruptsion holatlar sodir etilişini oldini olişga xizmat qilişini aytib, qonun loyihasini maʼqulladilar”, deyiladi palata axborotida.

×