Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning uç nafar aʼzosi — ona va uning ikki nafar farzandi piçoqlab, öldirilgan. Bu haqdagi xabarni Boş prokuratura axborot xizmati tasdiqladi.
“Daryo” manbasiga köra, qotillikni sodir etgan şaxs marhumlarga qarindoş bölgan.
Qaynaka öğli bilan ukasining xotini va 17, 14 yoşli jiyanlarini piçoqlab öldirgan. Muammoga yer talaşiş sabab bölgan, deydi voqea haqida maʼlumot bergan şaxs.
Şaxsning qöşimça qilişiça, voqea joyida oilaning yana bir aʼzosi, marhum ayolning qizi ham bölgan.
Piçoqlaşiş voqeasi sodir bölgaç, qiz qörqib, yaşiringan. Bölmasa, uni ham öldirişar edi, deydi manba.
Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovga köra, voqea 9 avgust kuni soat 21:40 larda sodir bölgan.
Pop tumanining “Boyon” MFY, Boyon-3 köçasida yaşovçi fuqaro M.A. ismli ayol qarindoşining yaşaş xonadoniga borib, avvaldan mavjud bölgan mulkiy nizo sabab u bilan janjallaşib qolgan. M.R. ayol qarindoşi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini piçoq bilan qasddan urib öldirib, voqea joyidan yaşiringan, deyiladi masʼullar izohida.
Qöşimça qilinişiça, mazkur holat yuzasidan 2024 yilning 10 avgust kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.









