Namanganda Neksiya avtomobili 30 nafar yölovçisi bölgan avtobusga borib urildi

Namanganda Neksiya avtomobili 30 nafar yölovçisi bölgan avtobusga borib urildi

14 yanvar kuni soat 08:20 larda Namangan viloyati Uyçi tumani "Olmurut" mahallasi hududidan ötgan “Namangan-Uyçi-Uçqörğon” avtomobil yölining 22-kilometrida “Neksiya” va “ISUZI” iştirokida YTH sodir böldi deb xabar qiladi IIV matbuot xizmati.

YHXBBning habariga köra, Uçqörğon tumanida yaşovçi M.N  Neksiya avtomobilini boşqarib ketayotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan. Natijada qarşisidan harakatlanib kelayotgan Uçqörğon tumanida yaşovçi M.A boşqaruvidagi “Isuzi” (Namangan-Uçqörğon yönalişida qatnovçi, salonida 30 nafar yölovçisi bölgan) rusumli avtobusi bilan töqnaşuv sodir etgan. Hodisa natijasida Neksiya avtomobili yölovçisi A.M. voqea joyida halok bölgan.

Haydovçi M.N hamda ikki yölovçi olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Şuningdek, “ISUZI” avtobusining 11 nafar yölovçilariga kasalxonada tibbiy yordam körsatilib, uylariga javob berilgan.

×