Sunʼiy intellekt kompaniyalari Pentagonga yordam beradigan böldi

Sunʼiy intellekt kompaniyalari Pentagonga yordam beradigan böldi

Pentagon 7 ta sunʼiy intellekt kompaniyasi bilan kelişuvga erişganini maʼlum qildi. Uşbu kelişuvga köra, ularning ilğor texnologiyalari Mudofaa vazirligining maxfiy tarmoqlarida qöllaniladi. Bu haqda Pentagon rasmiy bayonotida maʼlum qilindi.

Bayonotda Anthropic nomi tilga olinmagan. Sababi, uning Pentagon bilan sunʼiy intellektdan foydalaniş qoidalari böyiça kelişmovçiliklari bor. Joriy yil boşida Pentagon bu kompaniyani taʼminot zanjiri xavfi deb baholab, uning texnologiyalaridan foydalanişni taqiqlagandi. 

Maʼlumot uçun, Anthropic – bu AQŞda joylaşgan, sunʼiy intellekt xavfsizligi va tadqiqotlariga ixtisoslaşgan yetakçi texnologiya kompaniyasidir. Unga sobiq OpenAI xodimlari tomonidan asos solingan bölib, asosiy eʼtiborni xavfsiz va işonçli SI tizimlarini yaratişga qaratgan.

SpaceX, OpenAI, Google, NVIDIA, Microsoft va Amazon veb xizmatlari kabi kompaniyalar (ularning ayrimlari avvaldan hamkorlik qilib kelgan) Pentagonning “Impact Level 6” va 7 darajali maxfiy tarmoqlariga integratsiya qilinadi. Bu esa, harbiylarga uşbu texnologiyalardan kengroq foydalaniş imkonini beradi.

Bayonotda Pentagonning asosiy sunʼiy intellekt platformasi “GenAI.mil” beş oy içida 1,3 milliondan ortiq Mudofaa vazirligi xodimlari tomonidan işlatilgani aytildi. Google esa, allaqaçon Pentagon bilan hamkorlik qilyapti. U özining sunʼiy intellekt modellarini maxfiy işlar uçun qöllaş böyiça yangi kelişuv imzolagan.

Mudofaa vazirligining texnologiya böyiça rahbari Emil Maykl Anthropic hali ham xavf sifatida baholanayotganini aytgan. Biroq u kompaniyaning “Mythos” nomli ilğor kiber imkoniyatlarga ega modeli alohida milliy xavfsizlik masalasiga aylanganini taʼkidlagan. Donalʼd Tramp esa, ötgan hafta Anthropic kompaniyasi yaxşilanib borayotganini aytgan va kelajakda uning Pentagon tomonidan qora röyxatdan çiqarilişi mumkinligiga işora qilgan.


×