6 avgust kuni erta tongda Ukraina qurolli kuçlari 300 nafarga yaqin otryad bilan Rossiyaning Kursk viloyatiga hujum qildi. Ikki kundan beri Kurskda janglar davom etmoqda.
Favqulodda holat
7 avgust kuni Kursk viloyatida favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda viloyat rahbari vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnov maʼlum qildi.
Smirnovning qayd etişiça, Ukraina bilan çegaradoş hududlarda «qiyin operativ vaziyat saqlanib qolmoqda».
Kursk atom elektr stantsiyasining xavfsizligi Rossiya gvardiyasining qöşimça kuçlari tomonidan taʼminlanadi. Operativ ştabga qöşimça bölinmalar keltirilgan.
Moliya vazirligiga Kursk viloyatiga 1,8 milliard rubl miqdoridagi birinçi tranşni ajratiş topşirildi.
Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimovning sözlariga köra, rus qöşinlari Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk viloyatiga çuqur kirib borişini töxtatgan. Ukraina tomoni esa vaziyatni hali izohlamadi.
Sudja şahrining holati
Ukraina çegarasidan töqqiz kilometr uzoqlikda joylaşgan Sudja şahrida vaziyat juda keskinligiça qolmoqda. Bu haqda şahar hokimi Vitaliy Slaşçev maʼlum qildi.

Guvohlarning aytişiça, Sudjada elektr, suv va aloqa tarmoqlari uzilgan. Şahardagi köplab uylar vayronaga aylangan, binolar tomlari va derazalari singan. Mahalliy aholining taʼkidlaşiça, otişmalar deyarli bir kundan ortiq töxtamagan.
Sudjada xuddi şu nomdagi gaz ölçaş stantsiyasi mavjud bölib, u Rossiya gazini Yevropa Ittifoqiga yetkazib beriş uçun eng katta tranzit yölagi hisoblanadi. Agar Ukraina Qurolli Kuçlari uşbu markazga zarar yetkazsa, Yevropa gazsiz qoladi.
Putin şoşilinç yiğiliş ötkazdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlik kuçlari bilan Kursk viloyatidagi vaziyat yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Davlat rahbari Gerasimovning hisobotini videoaloqa orqali tingladi. Gerasimov Rossiya kuçlari Ukraina armiyasini Rossiya hududi çegaralaridan taşqariga surib qöyişiga vaʼda bergan.

Putinning aytişiça, Ukraina hukumati Kursk viloyatiga hujum bilan navbatdagi provokatsiya uyuştirgan.
Uçraşuv yakunlari böyiça Putin boş vazirning birinçi örinbosari Denis Manturovga Kursk viloyati aholisiga yordam körsatiş böyiça işlarni muvofiqlaştirişni topşirgan.
Moskva viloyati Kurskdan 430 nafar bolani evakuatsiya qiliş uçun 15 ta avtobus jönatgan.
Jabrlanganlar
Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi Ukraina harbiylarining Kursk viloyatiga hujumidan jabrlanganlar sonini maʼlum qildi. Unda 31 kişi jabrlangani, ulardan olti nafari bolalar ekani qayd etilgan.

Xususan, rossiyalik harbiy muxbir Yevgeniy Poddubniyning avtomobili dron hujumiga uçragan. Daslab uning Kursk viloyatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi, keyinroq u tirik ekani, biroq oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgani maʼlum qilindi.

AQŞ oldindan xabardor qilinmagan
Oq uy vakilining taʼkidlaşiça, Ukraina Kursk viloyatiga bostirib kirişi va bundan közlangan maqsad haqida AQŞni oldindan ogohlantirmagan.
Qöşma Ştatlar Ukraina Qurolli kuçlarining Rossiyaning Kursk viloyatida reyd ötkaziş rejalari haqida oldindan bilmagan va bu harakatlar maqsadini tuşuniş uçun Ukraina qömondonligi bilan boğlanişni rejalaştirmoqda, dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per.
«Biz ukrainaliklarga ularning maqsadlari haqida aniqroq maʼlumot oliş uçun murojaat qilamiz», dedi u.









