Şavkat Mirziyoyev gaz böyiça yiğiliş ötkazdi

Şavkat Mirziyoyev gaz böyiça yiğiliş ötkazdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni gaz qazib olişning joriy holati va uni yanada oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

“Özbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati raisi joriy yilda bajarilgan işlar hamda 2025 yilgi ustuvor vazifalar töğrisida axborot berdi.

Qayd etilganidek, sohada xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda. Ular iştirokida kelasi yil gaz qazib çiqariş hajmini barqarorlaştiriş loyihalari şakllantirildi. Xususan, zamonaviy texnologiyalar jalb qilinib, yangi ekspluatatsiya quduqlari burğilanadi hamda eskilari taʼmirlanadi. 

Tarmoqdagi asosiy muammo geologiya-qidiruv işlariga uzoq yillar yetarliça eʼtibor qaratilmaganidir. Oqibatda ayrim konlar foydalaniş muddatini deyarli ötab bölgan, yana baʼzilarining samaradorligi past. Şuning uçun zamonaviy texnologiya olib kelinib, 15 ta yangi istiqbolli maydonda geologiya-qidiruv işlari boşlanadi. Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi.

Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda, geologiyani rivojlantiriş va yangi konlarni özlaştiriş böyiça 2025 yil uçun dastur işlab çiqiş topşirildi.

“Özbekneftgaz”da transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytiriş, xalqaro kredit reytingini yaxşilaş vazifa qilib olingan. Jumladan, kelgusi yilda işlab çiqariş va geologiya-qidiruv loyihalarini moliyalaştiriş uçun xalqaro manbalardan mablağ jalb qilinişi möljallangan.

Davlatimiz rahbari sohada investitsiyalar, yangi texnologiyalar bilan birga kadrlar masalasi muhim ekanini taʼkidladi. Öqitiş sifatini oşirib, zamonaviy mutaxassislar tayyorlaş, çet elda işlayotgan malakali vatandoşlarimizni taklif etiş böyiça körsatmalar berildi

Teglar:
×