Özbekistonda işsizlik nafaqasi kimlarga, neça puldan beriladi?

Özbekistonda işsizlik nafaqasi kimlarga, neça puldan beriladi?

Işsizlik nafaqasi haqida

Işdan va iş haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bölgan, qonuniy tartibda işsiz deb eʼtirof etilgan şaxslarga işsizlik nafaqasi tayinlanadi. Bu turdagi moddiy yordam pullari tölovi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan amalga oşiriladi. Işsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.



Mazkur nafaqa işsiz deb tan olingan şaxs mahalliy mehnat organida iş qidiruvçi sifatida röyxatga olingan kundan boşlab hisoblanadi va tölanadi. Işsizlik nafaqasi 12 oylik davr içida köpi bilan 26 hafta davomida beriladi.

Qonunga köra, işsiz şaxs nafaqa oliş davrida iş qidirişi şart. U işga joylaştiriş, kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş yoki malakasini oşiriş böyiça yöllanma oliş uçun bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organiga murojaat qiladi.

Işsizlik nafaqasi işsiz şaxsning avvalgi iş joyidagi oxirgi bir yillik örtaça oylik iş haqiga nisbatan foizda belgilanadi. Boşqa hollarda işsizlik nafaqasi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga nisbatan foizda hisoblanadi. 

Işsizlik nafaqasi tölaş qay hollarda töxtatiladi?

Işsiz şaxsga berilayotgan işsizlik nafaqasini tölaş quyidagi hollarda tugatiladi:

  • fuqaro işga joylaşsa yoki özini özi band qilganda;
  • maqbul işga doir ikkita taklifni rad etganda;
  • nafaqani aldov yöli bilan olganda;
  • mikrokredit jalb qilganda, tadbirkorlik yoki şaxsiy tomorqa uçun subsidiyalar olganda;
  • pensiya oliş huquqiga ega bölganda,
  • sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan yoki axloq tuzatiş işlari tarzidagi jazoga hukm qilinganda.

Işsiz şaxs mahalliy mehnat organiga, işga joylaştirişga doir yöllanma yoki işga joylaşişga kömaklaşiş yuzasidan murojaatnoma oliş uçun uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda ham işsizlik nafaqasini tölaş muddatidan oldin tugatilişi mumkin.

Işsizlik nafaqasini tölaş quyidagi hollarda töxtatib turiladi:

  • işsiz şaxs kasbga tayyorlaşga, qayta tayyorlaşga yoki malaka oşirişga yuborilganda — stipendiya tölangan holda kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş yoki malaka oşiriş davrida;
  • işsiz şaxs ixtisoslaştirilgan davolaş–profilaktika muassasasida davolaş kursidan ötganda — bunday muassasada böliş davrida;
  • işsiz şaxs haq tölanadigan jamoat işlarida iştirok etayotganda — bunday işlarda iştirok etiş davrida.

Şu bilan birga, işsizlik nafaqasini tölaş işsiz şaxs belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga köra mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda uç oygaça töxtatib turilişi mumkin.

Işsizlik nafaqasi miqdorlari

Işsizlik nafaqasi işsiz şaxs holatiga qarab, turli miqdorlarda tölanadi. Xususan, işdan va iş haqidan sönggi 12 oy içida mahrum bölganlar avvalgi iş joyidagi örtaça oylik iş haqining 50 foizi miqdorida nafaqa olişi mumkin. Bunda nafaqa mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan (1 million 50 ming söm) kam yoki Özbekistondagi örtaça iş haqidan (5 million 92 ming söm) ortiq bölmaydi.

Işdan va iş haqidan mahrum bölgan hamda bir yildan ortiq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boşlaşga harakat qilayotgan şaxslar mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining bir baravari miqdorida (1 million 50 ming söm) nafaqa oladi.

Ilgari işlamagan va birinçi marta iş qidirayotgan şaxslarga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining kamida 75 foizi miqdorida işsizlik nafaqasi tayinlanadi.

Qonunçilikka muvofiq, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori oşganda işsizlik nafaqasining miqdori oşiriş koeffitsiyentiga teng miqdorda köpayadi.

Bandlik masalasi

Joriy yilning birinçi yarmida Özbekiston böyiça 223 656 nafar fuqaro Bandlik vazirligi yordamida işli bölgan. Xususan, yanvar–iyun oylarida xorijda işlaş istagidagi 64 ming kişi çet davlatlarga taşkiliy işga joylaştirilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga köp degani.

Yil boşidan beri mamlakatda işsiz deb eʼtirof etilgan va işsizlik nafaqasi tayinlanganlar soni 7 060 nafarni taşkil etgan.

Bandlik vazirligi xabariga köra, hozirda mehnatga layoqatli aholi örtasida işsizlik darajasi 2024 yil yil boşidagi 6,8 foizdan 5,9 foizga kamaygan. Maʼlumot uçun, joriy yil 1 iyul holatiga mamlakat doimiy aholisi 37 million 134 ming kişini taşkil etgan. Jami aholining 56,4 foizi mehnatga layoqatli yoşdagi odamlar hisoblanadi.

Teglar:
×