Şohimardonga kirişda joylaşgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun işlaş rejimiga ötdi

Şohimardonga kirişda joylaşgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun işlaş rejimiga ötdi

Şohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar uşbu bojxona obʼektlari orqali istalgan vaqtda harakatlaniş imkoniyatiga ega böldi.

2024 yilning 26 iyulidan boşlab Farğona viloyati bojxona boşqarmasining “Farğona” çegara bojxona posti hamda Şohimardonga kiriş qismida joylaşgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun işlaş rejimiga ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Bojxona qömitasi xabar bermoqda. 

Qayd etilişiça, mazkur yangilik Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning 2024 yil 18 iyul kuni Toşkent şahridagi uçraşuvida erişilgan kelişuvlar doirasida amalga oşdi.

Endilikda Şohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar uşbu bojxona obʼektlari orqali istalgan vaqtda harakatlaniş imkoniyatiga ega böldilar.



Teglar:
×