Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasi (NMC) tibbiyot sohasida öqişni istagan abituriyentlarga Markaziy Amerikadagi uçta va Özbekistonning bitta tibbiyot oliygohiga öqişga kirmaslik böyiça qatʼiy ogohlantiriş berdi. Bu haqda “The New Indian Express” xabar berdi.
Bayonotda aytilişiça, uşbu ogohlantirişga amal qilmagan talabalar Hindistonda tibbiyot amaliyotini olib borolmaydi.
Ogohlantirişda tilga olingan tibbiyot muassasalari quyidagilar:
- Central American Health and Sciences University, Beliz
- Columbus Central University, Beliz
- Washington University of Health and Sciences, Beliz
- Toşkent davlat tibbiyot universitetining Çirçiq filiali, Özbekiston
Bu ogohlantiriş Hindistonning Meksikadagi elçixonasi hamda Taşqi işlar vazirligining Yevrosiyo bölimi tomonidan bildirilgan jiddiy xavotirlar ortidan berilgan. Ularning maʼlumotiga köra, bu muassasalar Hindistonning tibbiy taʼlim böyiça belgilangan standartlariga javob bermaydi.
“Çet eldagi har qanday tibbiyot universitetiga öqişga kirişdan avval abituriyentlar va ularning ota-onalari ogohlantirişni sinçkovlik bilan öqib çiqişlari lozim” deyiladi bayonotda.
Bu hujjatda tan olingan oliygohlar, röyxatdan ötiş şartlari va boşqa muhim mezonlar haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Qayd etilişiça, öqiş taqiqlangan universitetlarda zarur infratuzilma mavjud emas, taʼlim sifati past, klinik-amaliyot yetarli darajada taşkil etilmagan, ayrim hollarda hindistonlik talabalar tazyiqqa uçragan, şuningdek, ortiqça tölov undiriş va kursdan çiqişda tölovni qaytarmaslik holatlari aniqlangan.
Şu bois, NMC talabalarni bu muassasalarga öqişga kirişdan qatʼiyan tiyilişga çaqirgan.









