Nemis tili böyiça Butunjahon olimpiadasida özbekistonlik Rayyona Ibrohimova 1-örinni qölga kiritdi

Nemis tili böyiça Butunjahon olimpiadasida özbekistonlik Rayyona Ibrohimova 1-örinni qölga kiritdi

Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ğoliba qiz bilan uçraşib, uni noutbuk va taşakkurnoma bilan taqdirladi.

Joriy yilning 15–22 iyul kunlari Germaniyaning Gyottingen şahrida nemis tili böyiça Butunjahon olimpiadasi ötkazildi. Berlindagi Gyote instituti maʼlumot berişiça, olimpiada finalida 62 mamlakatdan 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan 100 dan ziyod iştirokçi kuraş olib borgan.

Olimpiada Oltin medaliga bir yöla uç qatnaşçi loyiq topildi:

– Rayyona Ibrohimova (Özbekiston);

– Mahek Xon (Bangladeş);

– Ana Kotevska (Şimoliy Makedoniya).

Ikkinçi va uçinçi örinlar Meksika, Italiya, Slovakiya, Polşa va Buyuk Britaniya maktablari öquvçilariga nasib etgan.

Maʼlumot örnida, Rayyona Ibrohimova Andijon şahridagi 4-maktabning 10-sinf öquvçisi.

Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ham Rayyona Ibrohimova bilan uçraşib, noutbuk bilan taqdirladi.

"Bugun Rayyona, uning onasi va ustozi bilan uçraşib, hammalarini ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladik. Farzand muvaffaqiyatida aynan ota-onalarning xizmati beqiyos bölgani uçun Rayyonaning onasiga Taşakkurnoma taqdim etdik", -deb yozadi vazir özining Telegram kanalida.



Teglar:
×