Özbekiston fuqaroligiga qabul qilişda davlat tili böyiça imtihondan ötiladi. Imtihon pullik

Özbekiston fuqaroligiga qabul qilişda davlat tili böyiça imtihondan ötiladi. Imtihon pullik

Vazirlar Mahkamasining "Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilişda davlat tilini biliş darajasini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Özbekiston fuqaroligiga qabul qilişda talabgorlarning davlat tilini biliş darajasini aniqlaş Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi (Markaz) hamda uning hududiy bölinmalari tomonidan tölov asosida amalga oşiriladi.

 Davlat tili böyiça imtihon talabgorning doimiy yaşaş yoki vaqtinça turar joyi böyiça Markaz yoki uning hududiy bölinmalarida ötkaziladi.

Buning uçun talabgor sinov imtihonida qatnaşiş uçun ariza bilan Markaz yoki uning hududiy bölinmalariga şaxsan özi yoxud elektron şaklda murojaat etadi.

Şunga köra, sinov imtihoni hujjatlar taqdim etilganidan söng 1 oy muddatda test, yozma yoki oğzaki şakllarda ötkaziladi.

Sinov imtihoni yakunlari böyiça eng yuqori ballning 50 foizi (50 ball)dan kam ball olgan talabgorlar sinov imtihonidan ötmagan hisoblanadi hamda sinov imtihoni ötkazilgan kundan boşlab kamida 1 oydan keyin qayta qatnaşiş uçun ariza bilan murojaat qiladi (qayta tölovni amalga oşirgan holda).

Sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötgan talabgorlarga davlat tilini biliş töğrisidagi malaka sertifikati beriladi va u muddatsiz amal qiladi.

×