Joriy yilda Qozoğiston Rossiya gazining Özbekiston va Qirğizistonga tranzitini, şuningdek, turkman va özbek gazining Xitoyga tranzitini oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Qozoğiston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev maʼlum qildi.
“2023 yil oktyabr oyida Rossiya gazining Özbekiston Respublikasiga tranziti boşlandi. 2023 yilda 1,28 milliard kub metr taşilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiçni 3,8 milliard kub metrga va keyinçalik yiliga 11 mlrd kubometrga yetkazişni rejalaştirmoqdamiz”, deydi Satkaliyev hukumat yiğilişida.
Şuningdek, uning sözlariga köra, Turkmaniston va Özbekiston gazining Xitoyga tranziti “barqaror ösiş”ni körsatmoqda.
Satkaliyevning aytişiça, Qozoğiston joriy yilda tranzitni 37,1 milliard kub metrga oşirişni rejalaştirmoqda.
Asosiy maʼlumotda taʼkidlanişiça, Xitoyga nisbatan ösiş +1,5 milliard kubometrni taşkil qiladi.
Bundan taşqari, vazirning sözlariga köra, Rossiya gazining Qirğizistonga tranzitini oşiriş masalasi muhokama qilinmoqda.









