Özbekistonda avtomobilni qayta jihozlaş imkoniyati kengaytirildi

Özbekistonda avtomobilni qayta jihozlaş imkoniyati kengaytirildi

Davlat xizmatlarini körsatiş tizimi soddalaştirilganligi, byurokratik tösiqlar qisqartirilganligi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Kiritilgan özgartirişlarga köra, avtotransport vositalarini qayta jihozlaş uçun ruxsatnoma beriş muddati 15 kundan 10 kungaça qisqartirilmoqda, yaʼni transport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş muddatiga moslaştirilmoqda.

Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan özgarişlar röyxati ham kengaymoqda — 58 tadan 241 tagaça. Davlat xizmatlari agentligiga köra, ilgari ayrim hollarda, masalan, yuk maşinasini maişiy çiqindilarni taşiş maşinasiga aylantiriş uçun qayta jihozlaşga qonuniy asos bölmagani bois bu harakatlar taqiqlangan edi. Hozir bu röyxat sezilarli darajada kengaymoqda, yaʼni qonunçilik bazasi yaratilmoqda.


Eslatib ötamiz, avtomaşinani qayta jihozlaşga ruxsat beriş haqidagi arizani körib çiqiş uçun BHMning 30 foizi (102 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi.

Avtomobilga bir vaqtning özida ikkita gaz balloni (siqilgan va suyultirilgan gaz) örnatişga taqiq joriy etilmoqda. Ölçami katta va oğir yuklarni taşişga ruxsat beriş töğrisidagi arizani körib çiqiş muddati 8 iş kunidan ikki iş kunigaça qisqartirilmoqda. Bundan taşqari, avtotransport vositasini boşqariş huquqiga işonçnoma elektron şaklda rasmiylaştirilganda egasining qarzdorligi Majburiy ijro byurosining maʼlumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekşiriladi.

Teglar:
×