Talabalarni qabul qiliş tartibi, tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-öqituvçilar mehnatiga haq tölaş miqdorlarini hamkor xorijiy OTMlari bilan kelişuv asosida belgilaydi.
Özbekiston Prezidentining 2019 yil 11 iyulda qabul qilingan PQ-4391-sonli Qarori bilan OTM rektorlari vakolati kengaytirildi.
Endilikda OTM rektorlari quyidagi vakolatlarga ega:
- oliy taʼlim muassasalarining tuzilmalarini böysunuvi böyiça tegişli vazirlik va idora bilan kelişilgan holda tasdiqlaydi;
- OTM huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oşiriş va qayta tayyorlaş muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini, böysunuvi böyiça tegişli vazirlik va idora bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;
- fakultet dekanlarini lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;
- tölov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uçun kontrakt tölovlarini amalga oşiriş muddatlarini uzaytiradi;
- mahalliy va xorijiy OTMlarining özaro kelişuvi doirasida amalga oşirilayotgan qöşma taʼlim dasturlari, jumladan, qöşma fakultetlarda:
- talabalarni qabul qiliş tartibi, tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-öqituvçilar mehnatiga haq tölaş miqdorlarini hamkor xorijiy OTMlari bilan kelişuv asosida belgilaydi;
- öqişga qabul qiliş parametrlari, taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklarini hamkor xorijiy OTMlari, böysunuvi böyiça tegişli vazirlik va idora hamda ÖzR Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlaydi.
2020 yildan boşlab taʼlim xizmatlari bozorida OTMlarining ayrim bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqiçma-bosqiç özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötadi.









