Qirğizistonda Afğonistondan keladigan anor ekstraktli gazli içimlik vositasini sotiş taqiqlandi. Bu haqda Öş şahri hokimligi tarqatgan xabarga asoslanib Tengrinews manbasi xabar berdi.
Manbada aytilişiça, Afğonistondan import qilinadigan Golden life (“Zolotaya jizn“) gazli içimligi Qirğizistonning Öş şahridagi savdo nuqtalaridan butunlay yiğiştirib olingan. Mamlakatning boşqa hududlarida ham bu içimlikni savdodan olib qöyiş böyiça işlar davom ettirilmoqda.
“Tadbir Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi kasalliklarni oldini oliş va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti buyruğiga asosan olib borilmoqda”, — deyiladi Öş hokimligi matbuot xizmati bayonotida.
Uşbu içimlikka taqiq qöyilişiga öziga xos sabab bor. Laboratoriya örganişlari natijalariga köra, Golden life içimligi E122 Azorubin kimyoviy böyoğini öz içiga oladi. Uşbu ingrediyent esa bolalarning faolligi va diqqat-eʼtiboriga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Viloyat hokimliklari xorijdan mahsulot olib keluvçi tijorat kompaniyalari mahsulotlarning salbiy taʼsiridan ogohlantirgan. Tegişli sifat körsatkiçi va laboratoriya tahlili bölmagan vositalarni mamlakat hududiga kiritmaslik buyurilgan.
“Çakana savdo tarmoqlari rahbarlariga ham uşbu mahsulotlarni sotişni taqiqlaş töğrisida buyruq berildi”, — deyilgan Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.
Maʼlumot örnida, Golden life içimligi Qirğizistondan taşqari Markaziy Osiyoning Qozoğiston, Özbekiston va Tojikiston kabi davlatlarida ham sotiladi. Afğonistonda işlab çiqarilgan içimlik Qozoğistonda ham sotiladi.









