Banklarda oltin yombilarini sotiş boşlanadi

Banklarda oltin yombilarini sotiş boşlanadi

Tez orada banklarda oltin yombilari sotuvi yölga qöyilişi mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov bank Boşqaruvining navbatdagi yiğilişi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida maʼlum qilgan. 
 
Bank raisining aytişiça, işlab çiqarilgan oltin va kumuş tangalar sotib tugatilgan. Buning ustida işlar olib borilmoqda. Maqsad faqat tangani çiqariş bilan çeklanib qoliş emas, balki uning tematikasi, dizayni, numizmatik ahamiyatini ham oşirişdir. 

“Agar hozir tangalar bir xil hajmda bölsa, kelgusida ularning hajmi ham har xil böladi. Bu jarayon davom etadi. Bundan taşqari, yaqinda banklar orqali oltin yombilarini sotiş ham yölga qöyiladi. Bu borada hozirda iş olib borilmoqda”, dedi Mamarizo Nurmurotov. 

Eslatib ötamiz, keça, 10 sentyabr kuni Markaziy bank asosiy stavka hajmini 14 foizga pasaytirgan edi.

×