BMT Afğonistonning zaxiralarini blokdan çiqarişga rozilik berdi

BMT Afğonistonning zaxiralarini blokdan çiqarişga rozilik berdi

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşi Afğonistonga gumanitar yordam körsatiş uçun zarur bölgan aktivlar yoki iqtisodiy resurslarni muzlatişga ruxsat berdi. 2022 yilda bu mamlakatdagi gumanitar operatsiya dunyodagi eng yirik operatsiyaga aylanişi kutilmoqda. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar bergan. 

BMT Xavfsizlik Kengaşi “Tolibon”ga qarşi sanktsiyalar rejimidan “gumanitar çetlatiş” töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Xavfsizlik Kengaşi aʼzolari Afğonistonga gumanitar yordam körsatiş uçun mablağ ajratilişi “Tolibon”ning barça aktivlarini muzlatiş talabini buziş emas, degan qarorga kelgan. 

Rezolyutsiya homiylari Afğonistonga gumanitar yordamning öz vaqtida yetkazilişini taʼminlaş yoki bunday faoliyatni qöllab-quvvatlaş uçun zarur bölgan mablağlarni qayta işlaş va tölaş, şuningdek aktivlar yoki iqtisodiy resurslarni muzlatişga ruxsat bergan. 

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari, Favqulodda yordam körsatiş koordinatori Martin Griffits Xavfsizlik Kengaşining BMTning Afğonistonga qarşi sanktsiyalar rejimidan gumanitar yordam beriş töğrisidagi rezolyutsiyasini olqişlagan. 

“Uşbu muhim qaror Afğonistonda odamlarning hayotini saqlab qoliş uçun şoşilinç insonparvarlik harakatlarini amalga oşiriş imkonini beradi. Bu aʼzo davlatlar mamlakatdagi muhtojlik va azob-uqubatlarning hayratlanarli darajasini qançalik jiddiy qabul qilişidan dalolat beradi”, degan Martin Griffits. 

Afğonistonda ayni paytda aholiga muhim oziq-ovqat va tibbiy yordam körsatuvçi, qişloq xöjaligini rivojlantirişni qöllab-quvvatlovçi, taʼlim, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yölga qöyişga kömaklaşuvçi 160 ga yaqin milliy va xalqaro gumanitar taşkilotlar faoliyat körsatmoqda. 

“Biz bu işni zudlik bilan kuçaytirişimiz kerak. 2022 yilda Afğonistondagi gumanitar operatsiya dunyodagi eng yirik operatsiya böladi. Uning doirasida 22 millionga yaqin aholiga yordam körsatiladi”, degan boş kotib örinbosari. 

Uning sözlariga köra, insonparvarlik maqsadlarida qabul qilingan sanktsiyalar rejimidan ozod qiliş taşkilotlarga rejalaştirilgan işlarni bajarişga imkon beradi hamda moliyaviy va tijorat institutlariga Afğonistondagi gumanitar yordam operatorlari bilan özaro munosabatlarida huquqiy kafolatlar beradi. 

“Afğonistonni qiyin yöl kutib turibdi. Bizning yordamimiz samarasi, boşqa narsalar qatori, mamlakat de-fakto hokimiyatlarining hamkorligiga va moliyalaştiriş sxemasining moslaşuvçanligiga boğliq”, degan BMT vakili. 

U afğonlarning hayotini saqlab qoliş va bu mamlakatning barça aholisining munosib kelajagini taʼminlaş uçun hamma narsani qilişga çaqirgan. 

Maʼlumot uçun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga böysunmay turgan yagona viloyat – Panjşer egallangaç, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni şakllantirdi.  

Qayd etiş kerakki, toliblar Afğonistonda hokimiyatga kelgaç, minglab afğonlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afğonistonda tarafdorlari köpligiga şubha yöq, biroq ular hokimiyatga kelgaç köplab qiyinçiliklarga uçramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yöqotişlar katta.

×