Bugun, 5 iyul kuni Qirğizistonda amaldagi hokimiyatni egallab olişga uringan guruh rejasi töxtatib qolindi. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xabar berdi.
Keltirilişiça, uşbu uyuşgan guruh fuqarolar ölimiga sabab böluvçi ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş orqali mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan çiqarişni maqsad qilgan.
“Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tomonidan fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş va konstitutsiyaviy tuzum asoslarini himoya qiliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar doirasida hokimiyatni zöravonlik yöli bilan egallab oliş va davlat hokimiyatini qölga kiritişni rejalaştirgan buzğunçi guruhning noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi. Ularning niyati ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş orqali mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlaştiriş bölgan”, deyiladi xabarda.
Qözğatilgan jinoyat işi böyiça olib borilgan tergovda beş nafar şaxs uşlanib, Milliy xavfsizlik davlat qömitasining vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. Hozirça ularning ism va familiyalari tergov siri sababli eʼlon qilinmagan.
“Uşbu guruh jinoyatçilar mafkurasini qöllab-quvvatlovçi, şuningdek, aqidaparast diniy mafkurani tarğib qiluvçi şaxslardan tuzilgani aniqlandi”, deyilgan matbuot markazi xabarida.
Tintuv çoğida gumonlanuvçilardan qölbola portlovçi qurilmalar uçun butlovçi qismlar, öqotar qurollar, öq-dorilar, zirhlar, huquq-tartibot organlarining kiyim-keçaklari, uçuvçisiz uçiş apparatlari, ekstremistik mazmundagi adabiyotlar va boşqa taqiqlangan buyumlar topilib, olib qöyilgan.









