Toşkent viloyati hududida jinoyatçilikni jilovlaş va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan «Xavfsiz hudud» keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.
Avvalroq, uşbu tadbirning bir neçta natijalari, xususan, Zangiota tumanida bir guruh ekstremistik oqim aʼzolari uşlangan haqida xabar berilgan va holat yuzasidan qöşimça suriştiruv işlari olib borilayotgani aytilgandi.
Aniqlangan maʼlumotlar asosida kuni keça Toşkent viloyati Zangiota tumanida navbatdagi «Xavfsiz hudud» tezkor tadbiri taşkil etildi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda viloyat prokuraturasi, DXX va IIBB xodimlari iştirok etib, yaşirin ekstremistik faoliyat bilan şuğullanayotgan «ikkinçi» guruh şaxslar uşlandi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Şuningdek, viloyat böyiça ötayotgan «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbirlari davomida, «qidiruv», «yonida tiğli jism olib yuriş», «belgilangan karantin va «Pasport-viza» qoidalarini buziş», «jamoat joyida spirtli içimlik isteʼmol qiliş», «bezorilik» va «noqonuniy ov quroli saqlaş» kabi bir neçta holatlar aniqlanib, belgilangan tartibda çoralar körilyapti.









