Farğona kanalida odam murdasi oqib kelganligi haqidagi xabarlar Farğona viloyati IIB tomonidan örganib çiqildi.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 25 iyun kuni Bağdod tumani, Qatağon mahallasida yaşovçi fuqaro Ö.T. Samandarak MFY hududidan oqib ötuvçi «Katta Farğona» kanaliga çömiliş maqsadida tuşib, çökib ketib ketgan.
28 iyun kuni Ö.T.ning murdasi taşqi körinişidan tan jarohatlarsiz Özbekiston tumani, Zinaşa mahallasi hududidan oqib ötgan «Katta Farğona» kanalidan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









