Içki işlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Denov şahri naçalnik militsiyani ustidan yozgani uçun olib ketilgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, Surxondaryo viloyati IIB maʼlumotiga köra, Denov şahar “Özbekiston” köçasida yaşovçi fuqaro I.A. 2019 yilning noyabr oyida öziga tegişli bölmagan “Namuna” mahallasida joylaşgan 4 sotix yer maydonini aldov yöli bilan fuqaro A.A.ga 45.000.000 sömga sotib, pullarini özlaştirgan.
Söngra özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, uşbu yer maydonini 2020 yilning iyun oyida fuqaro V.X.ga ham 49.000.000 sömga sotgan. Uşbu harakatlarida Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandida körsatilgan firibgarlik jinoyatni qasddan sodir etiş alomatlari yuzasidan, I.A.ga nisbatan Surxondaryo viloyati IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilgan.
Gumon qilinuvçi I.A. bir neça marotaba rasmiy ravişda tergovga çaqirtirilib, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarişdan boş tortganligi sababli, viloyat IIB Tergov boşqarmasining joriy yil 24 dekabrdagi “Majburiy keltiriş” qaroriga asosan, gumonlanuvçi I.A. Denov tumani içki işlar organlari xodimlari tomonidan majburiy tartibda tergovga olib kelinişi taʼminlangan. Videoyozuvda aynan şu holat tasvirlangan.
Şuningdek, hozirda, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy harakatlariga tösqinlik qilib, ularni xizmat vazifalarini bajarişlari bilan boğliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida daʼvatlar qilgan hamda xodimlarni obrösizlantirişga qaratilgan harakatlarni amalga oşirgan fuqarolarni aniqlaş va qonuniy çora köriş işlari amalga oşirilmoqda.









