Özbekistonda abonent raqamini saqlagan holda aloqa operatorini özgartiriş xizmati işga tuşdi

Özbekistonda abonent raqamini saqlagan holda aloqa operatorini özgartiriş xizmati işga tuşdi

Mobil operatorlar örtasida keskin raqobat paydo bölmoqda. Endilikda abonent raqamingizni özgartirmasdan istalgan kompaniyaga ötib ketişingiz mumkin böladi!

Bugun, 27 oktyabr kuni «ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Özbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini köçiriş xizmati (MNP) işga tuşirildi.

Xizmatning işga tuşirilişi mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari örtasida soğlom, ijobiy raqobatni yanada kuçaytiriş bilan birga ular tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifatining oşişiga olib keladi.

Uning qulayligi şundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat körsatiş sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlaşi mumkin.

Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boşqa operatorga köçganda öz abonent raqamini saqlab qoliş imkoniyati taqdim etiladi. Bu raqam yöqotilişining oldini oladi hamda aloqa operatorlari tomonidan raqam resurslaridan yanada oqilona foydalanilişiga xizmat qiladi.

Dastlabki bosqiçda jismoniy şaxslar özi ötişni hohlagan mobil aloqa operatori ofisiga taşrif buyurgan holda murojaat etadi hamda mobil raqami köçirilgan yangi sim kartani olib ketadi.

Şuningdek, kelgusida abonentlarga qulaylik yaratiş maqsadida masofadan turib, onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali abonent raqamini köçirişga ariza yuboriş xizmati yölga qöyiladi.

Hozirgi kunda Özbekistonda Beeline, Mobi.uz, Ucell, UZTELECOM, Humans kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat körsatadi. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari körsatib kelinmoqda. Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori özgartirilsa, köçirilgan raqamlar öz şaklini va körinişini saqlab qoladi.

Şuningdek, mobil aloqa operatori özgartirilganda, körsatilayotgan xizmat sifati qoniqtirmasa, 30 kalendar kunidan söng dastlabki yoki boşqa operatorga qayta ötiş mumkin.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» DUKga köçib ötgan raqamlarni yiğiş, saqlaş, qayta işlaş töğrisidagi maʼlumotlarning markazlaştirilgan bazasini şakllantiriş va işlaşini taʼminlaş vazifalari yuklan edi. Ötgan vaqt davomida «ÖzTTBRM» DUK tomonidan belgilangan barça taşkiliy işlar töliq amalga oşirilişi natijasida yuqorida taʼkidlangan xizmat yölga qöyilmoqda.


×