Özbekistonning Istanbul şahridagi (Turkiya) boş konsulxonasi bergan maʼlumotga köra, 2020 yil 5 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toşkent vaqti bilan 20:00) Istanbul şahridagi aeroportga samolyotning qattiq qönişi oqibatida Özbekiston fuqarosi B.S. jarohatlandi.
Taşqi işlar vazirligi maʼlumotida aytilişiça, B.S. «Medikana» klinikasi joylaştirilgan.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va fuqaroga yordam beriş böyiça çoralar körmoqda, deyilgan xabarda.
Qayd etilişiça, Turkiya hududida bölib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara şahridagi elçixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul şahridagi boş konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, Istanbul aeroportiga qöniş vaqtida Pegasus aviakompaniyasining Boeing 737 yölovçi samolyoti uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketib, qismlarga ajraldi va yonib ketdi.
Bortda 177 nafar yölovçi hamda olti nafar ekipaj aʼzosi bölgan. Hodisa oqibatida uç kişi halok böldi, 170dan ortiq inson jarohat oldi.









