Özbekiston qonunçiligida 2021 yil 1 maydan bir qator özgariş va yangiliklar kuçga kiradi. Adliya vazirligi maʼlumotlari asosida kuçga kiradigan asosiy özgarişlarni taqdim etdi. Quyida u töliqligiça havola etildi.
1. Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball töplagan yoşlarga xarajatlari qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan 1 maydan boşlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) böyiça yuqori ball töplagan yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlari töliq qoplab beriladi.
Xarajatlarni qoplaş uçun faqat imtihon topşiriş paytida 31 yoşga tölmagan Özbekiston fuqarolari va Özbekistonda doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilişi mumkin böladi.
2. Ösimlik yoği importiga QQS bekor qilinadi, şuningdek, uşbu mahsulotga nisbatan eksport boji joriy etiladi
Mamlakat içki bozorlarida ösimlik yoği narxi keskin oşişining oldini oliş maqsadida «Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojni taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qonun bilan Soliq kodeksiga özgartiş kiritilmoqda.
Unga köra, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar:
- mamlakat hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş;
- ösimlik yoğini işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça mablağlar aylanmasi qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinmoqda.
2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar bölgan davrda kungaboqar va paxta uruğlari, kungaboqar yoği va paxta yoği mahsulotlariga nisbatan eksport boji joriy etilmoqda. Şuningdek, moyli ekinlar ekilişi ustidan ham qatʼiy monitoring örnatilişi rejalaştirilgan.
Hozirgaça uşbu qonun Senat tomonidan maʼqullangan, Prezident tomonidan imzolanganidan söng, belgilangan tartibda rasmiy kuçga ega böladi.
3. Ijarada yaşaydigan talabalarga ijara tölovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi
1 maydan yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegişli bölmagan uyda ijarada yaşaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan tölanadigan oylik ijara tölovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
- ijara tölovining qoplab beriladigan qismi Toşkent şahrida — BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda — BHMning 0,5 baravaridan oşmasligi lozim;
- ijara tölovining qoplab beriladigan qismi birinçi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, örnak körsatgan va faol talabalar uçun qoplab beriladi;
- OTM tomonidan ularning byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan ijara huquqi asosida yaşaydigan boşqa talabalarga ham oylik ijara tölovining bir qismi qoplab berilişi mumkin.
4. Dehqonçilik bilan şuğullanayotgan yoşlarni fermer xöjaliklari rahbarlari tomonidan patronajga oliş tizimi joriy qilinadi
1 maydan dehqon xöjaligi faoliyati bilan şuğullanayotgan yoşlarni sektor, klaster va fermer xöjaliklari rahbarlari tomonidan patronajga oliş tizimi joriy qilinadi. Bunda, «ustoz-şogird» tamoyili asosida yoşlarga ajratilgan yer uçastkalarini özlaştiriş, agrotexnik tadbirlarni ötkaziş, yerlar hosildorligini oşiriş, yetiştirilgan mahsulotni realizatsiya qiliş va boşqa masalalarda yordam körsatiladi.
«Yoşlar daftari»ga kiritilgan dehqonçilik bilan şuğullanayotgan yoşlarga uruğliklar va köçatlarni xarid qiliş uçun BHMning 8 baravari miqdorigaça subsidiya ajratiladi.
5. Yoşlarni tadbirkorlikka jalb etiş va ularni doimiy iş bilan taʼminlaşning yangi tartiblari joriy etiladi
2021 yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvarga qadar iş beruvçilarga (byudjet taşkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamğarmasi (kapitali)da davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoşdan oşmagan xodimlar uçun tölangan ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan töliq qaytarib beriladi.
«Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va özini özi band qilişga zarur bölgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qiliş uçun BHMning 40 baravaridan köp bölmagan miqdorda «Yoşlar daftari» jamğarmalari hisobidan subsidiya ajratiladi.
6. «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ATda röyxatga olingan fuqarolarning kreditlari böyiça kafillik beriladi
- 2021 yil 1 maydan tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan:
- Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oşmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kiçik tadbirkorlik subʼektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar böyiça foiz xarajatlarini qoplaş uçun kompensatsiya taqdim etiladi;
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ATda röyxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik taşabbuslarini amalga oşiriş uçun kredit miqdorining 75 foizigaça, biroq BHMning 150 baravaridan ortiq bölmagan tijorat banklari kreditlari böyiça kafillik beriladi;
- tadbirkorlarga bank kreditlari böyiça kompensatsiya va kafilliklar kredit şartnomalari sonidan qatʼi nazar beriladi. Bunda kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 milliard sömdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 milliard sömdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oşmasligi lozim.
Xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlariga olis va çekka hududlarda joylaşgan yer uçastkasidan doimiy foydalaniş huquqini auktsionga qöyişda ularning boşlanğiç narxini 50 foizgaça kamaytiriş vakolati, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengaşlariga boşlanğiç narxga çegirma belgilanadigan olis va çekka hududlar çegaralarini belgilaş vakolati berildi.
Şuningdek, 2021 yil 1 maydan çet eldan xorijiy valyutadagi tuşum tuşişi keçiktirilişiga yöl qöygan eksport qiluvçilar va «erkin muomalaga çiqariş» bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kiriş va rasmiylaştirişni, işlarni bajariş yoki xizmatlar körsatişni öz vaqtida taʼminlamagan import qiluvçilar uçun qonunçilikda belgilangan jarima miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi.
7. Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi tugatiladi
2021 yil 1 maydan Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi tugatilib, uning qimmatli qoğozlar bozorini tartibga soliş böyiça vazifa, funktsiya va vakolatlari Moliya vazirligiga ötkaziladi.
Şunga köra, Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantiriş sohasida bir qator vazifalar yuklatildi, şulardan:
- vazirlik qimmatli qoğozlar bozorini şakllantiriş, rivojlantiriş, tartibga soliş, nazorat qiliş va korporativ boşqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiradi;
- vazirlik markaziy apparati tuzilmasida Kapital bozorini rivojlantiriş departamenti taşkil etildi.
Departamentning öz faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq tölaş şartlari böyiça Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglaştiriladi.
8. Byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi
2021 yil may oyidan 14 ta tuman (şahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.
9. Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tuzilmasi maqbullaştiriladi
2021 yil 1 maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgaça maqbullaştiriladi. Jumladan, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bölinmalarida jami 5288 ta ştat qisqariladi.
Şuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar örinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.
10. Byurokratik tösiqlarni qiskartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar joriy etiladi
2021 yil 1 maydan:
- xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş uçun ariza-anketani va davlat bojini elektron şaklda YAIDXP orqali tölaş imkoniyati yaratiladi;
- fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining xohişiga köra körsatilgan davlat xizmatining natijasi poçta aloqasi orqali yetkaziladi (röyxat);
- FHDYO organlarining belgilangan organlarga (Mudofaa vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qömitasi, byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi, Davlat xizmatlari agentligi) jismoniy şaxsning ölimi qayd qilinganligi haqidagi maʼlumotni taqdim etiş majburiyati bekor qilinadi.
11. Ekologik xavfli mahsulotlar majburiy sertifikatlaştiriladi
Ekologik xavfli mahsulotlar va çiqindilarni Özbekistonga olib kiriş va olib çiqiş Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tizimidagi akkreditatsiyadan ötgan ekologik sertifikatlaş organi tomonidan beriladigan ekologik sertifikat asosida amalga oşiriladi.
Ekologik sertifikat oliş uçun ariza beruvçi «Yagona darça» bojxona axborot tizimi orqali yoki töğridan-töğri Davlat ekologiya qömitasi tizimidagi ekologik sertifikatlaş organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ekologik sertifikatlaş organi 1 iş kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va hujjatlar töliq bölganda ekologik xavfli mahsulotlar va çiqindilarni sertifikatlaşni amalga oşiriş töğrisida qaror qabul qiladi.
Ekologik sertifikat:
- olib kirilayotgan ekologik xavfli mahsulotlar va çiqindilarga (transport vositalaridan taşqari) aniq hajmi (soni) körsatilgan bitta taşqi savdo şartnomasi (kontrakti) va yetkazib beruvçi hamda qabul qiluvçi örtasida tuzilgan kelişuv (lar) nusxasiga asosan — bir kalendar yildan oşmagan muddatga;
- ekologik xavfli mahsulotlar va çiqindilarning har töpiga — bir yildan oşmagan muddatga;
- mahsulotlarni seriyalab işlab çiqariş jarayonlariga esa — 3 yil muddatga beriladi.
12. Barça davlat taşkilotlarida ijroni nazorat qiliş faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oşiriladi
2021 yil 1 maydan barça davlat organlari va taşkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qiliş, nazorat kartotekalarini yuritiş va hisobotlarni şakllantiriş faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oşiriladi, bunda boşqa har qanday nazorat dasturlari, hisobotlari va bazalarini yuritiş amaliyoti bekor qilinadi.
13. Baʼzi şaxslarga Özbekiston fuqaroligi beriladi
2021 yil 1 maydan mamlakatga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, doimiy yaşayotgan, şuningdek mamlakatda 15 yil davomida doimiy yaşab turgan fuqaroligi bölmagan (çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) şaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda Özbekiston fuqarosi deb tan oliş tartibi joriy qilinadi.
14. Elektron texnik pasportlar joriy etiladi
2021 yil 1 maydan yangi qurilişi rejalaştirilayotgan köp qavatli bino va inşootlarning konstruktiv tizimi, quriliş maydonining seysmik darajasi kabilarni nazarda tutuvçi elektron texnik pasportlar şakllantiriladi.
Şuningdek:
- «Şaffof xayriya» yagona interaktiv portali işga tuşiriladi;
- Obʼektlarni qöriqlaş tizimi «Yuqori sifat va qulay narx» tamoyili asosida bosqiçma-bosqiç takomillaştiriladi;
- Ayrim moliyaviy maʼlumotlarni OAV va internetda eʼlon qiliş amaliyoti yölga qöyiladi.
- Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş doirasida — davlat şerigi boquvçisini yöqotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali tölovlarini tegişli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari uçun belgilangan miqdorlarda qoplab beradi.









