1 oktyabrdan Özbekiston qonunçiligida nimalar özgaradi?

1 oktyabrdan Özbekiston qonunçiligida nimalar özgaradi?

2024 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradigan milliy qonunçilikdagi asosiy özgartirişlar şarhi Norma.uz portali tomonidan taqdim etildi.

 Iş haqi, eng kam iş haqi va BHM oşiriladi

 Byudjet taşkilotlarida işlaydigan tibbiyot xodimlari, şuningdek maktabgaça, umumtaʼlim, örta maxsus, kasb-hunar va maktabdan taşqari taʼlim muassasalari va taşkilotlari, «Muruvvat» internat uylari, Bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari, bolalar sanatoriyalarida işlaydigan pedagog xodimlarning iş haqi miqdori 15 foizga oşiriladi.

Byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdori, tibbiyot va pedagog xodimlardan taşqari, 10 foizga oşiriladi.

Eng kam iş haqi miqdori – oyiga 1 155 000 söm, BHM – 375 000 söm etib belgilanmoqda.

Modulli mehmonxonalarga subsidiyalar  

2026 yil 31 dekabrga qadar tadbirkorlik subʼektlari tomonidan modulli mehmonxonani quriş va jihozlaş (rekonstruktsiya qiliş bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasidan bir martalik subsidiya ajratiladi.

Subsidiyalar 2024 yil oktyabrdan 2026 yil 1 noyabrga qadar bölgan muddatda muvofiqlik sertifikatiga ega yangi taşkil etilgan modulli mehmonxonaga beriladi. Tölovlarni oliş uçun mehmonxonada kamida 10 ta modul bölişi kerak. 

 Turoperatorlar va mehmonxonalarga QQSning bir qismi qaytariladi

 Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik subʼektlariga har oyning 25-sanasiga qadar tölangan QQSning 20 foizi qaytariladi.

 Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida tölanadigan quyidagi soliq turlari böyiça belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

 Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini soddalaştirilgan va kengaytirilgan baholaş tartibi joriy etilmoqda. 

 Soddalaştirilgan tartibda loyiha işlab çiqilişidan oldin quyidagi tartibga soliş vositalari baholanadi va baholaş natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:

  • majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boşqa çeklovlarni belgilaş, ularni özgartiriş yoxud talablarga rioya qilişni yoki ularni bajarişni taʼminlaş bilan boğliq taʼsir çoralarini qöllaş;
  • tadbirkorlik subʼektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferentsiya va davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning boşqa turlarini joriy qiliş, ularning taʼsir doirasini kengaytiriş yoki qisqartiriş.

 

Kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:

  • soddalaştirilgan baholaş natijalari böyiça iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga taʼsiri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;
  • Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topşiriqlari hamda baholaş sohasidagi vakolatli organlar, jamoatçilik va boşqa manfaatdor tomonlarning taklifiga köra kengaytirilgan baholaşdan ötkazilişi lozim deb topilgan loyihalar.

 Ovçilik guvohnomasini oliş uçun yangi qoidalar

  • Ovçilik guvohnomasini olişga nomzodlar maxsus kurslarda öqitiladi;
  • ovçilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoşga tölgan, öquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan jismoniy şaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2 yil muddatga beriladi;
  • ovçilik guvohnomasini rasmiylaştirganlik uçun tölov bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari miqdorida, nafaqadagi va II guruh nogironligi bölgan şaxslar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.

Zargarlik sohasiga imtiyozlar 

 2027 yil 1 oktyabrgaça:

  • zargarlik sanoatida foydalaniladigan ligaturani import qilişda maxsus tovarlarni import qiliş uçun litsenziya oliş talabi bekor qilinadi;
  • Özbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida foydalaniladigan ligatura bojxona boji tölaşdan ozod qilinadi;
  • Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan va zargarlik sohasida foydalaniladigan, röyxatlar böyiça import qilinadigan uskunalar, qadoqlaş va etiketka mahsulotlari bojxona boji tölaşdan ozod qilinadi;
  • «Uzbek Jewellery Fair» xalqaro körgazma-savdosi doirasida Özbekiston norezidentlari tomonidan respublika hududiga vaqtinça olib kiriladigan va keyinçalik qaytarib olib çiqiladigan zargarlik buyumlariga nisbatan bojxona yiğimlari bekor qilinadi. 

 Zargarlik sohasi ustidan nazorat kuçaytiriladi 

Davlat probir nazorati inspektsiyasi va uning hududiy bölinmalariga quyidagilarga ruxsat beriladi:

  • Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilni xabardor qiliş yöli bilan zargarlik buyumlari bilan çakana savdo qiliş qoidalariga rioya etilişini tekşiriş, ularning probasini aniqlaş va tamğalaş bilan boğliq nazorat tadbirlarini ötkaziş;
  • nazorat tadbirlarini ötkazişga «Özbekzargarsanoati» uyuşmasi mutaxassislarini jalb qiliş;
  • zargarlik buyumlarini işlab çiqariş yoki sotiş faoliyatini boşlaş (tugatiş) töğrisidagi xabarnomalarni qabul qiliş böyiça öz funktsiyalarini autsorsing asosida Savdo-sanoat palatasiga ötkaziş.

 Nogironligi bor şaxslar uçun şaroitlar yaxşilanadi

 Rekonstruktsiya qilinadigan va taʼmirlanadigan obʼektlarning şaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi şaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan nogironligi bölgan şaxslar uçun şaroit yaratiş böyiça talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizaga yuboriladi.

Şahar yölovçi transporti xizmatlari I guruh nogironligi bölgan şaxslarga va ularning bir nafar kuzatuvçisiga bepul taqdim etiladi. 

Ixtisoslaştirilgan (ruhiy, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalar (TIEK) tomonidan nogironlikni belgilaş bekor qilinadi. Bu funktsiya tumanlararo va tuman (şahar) TIEKlariga ötkaziladi. 

 Davlat xaridlari jarayoni takomillaştiriladi

Davlat buyurtmaçilari tomonidan töğridan-töğri şartnomalar ular tuzilişidan oldin kamida bir iş kuni, şuningdek, tender savdolari natijalariga köra rasmiylaştirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylaştiriş orqali kamida ikki iş kuni davomida jamoatçilik muhokamasidan ötkaziladi.

Yagona yetkazib beruvçilar reyestriga bozorda muqobillari bölmagan va texnik jihatdan murakkab tovarlarni yetkazib beruvçilar monopoliyaga qarşi kuraşiş organining xulosasi asosida kiritiladi. 

Davlat xaridlari elektron tizimiga uşbu tizimdan röyxatdan ötgan yuqori barqarorlik reytingiga ega bölgan tadbirkorlik subʼektlarini ular tomonidan işlab çiqariladigan (yetkazib beriladigan) tovarlarga (işlarga, xizmatlarga) mos keladigan davlat buyurtmasining tizimga joylaştirilganligi töğrisida xabardor qiliş funktsiyasi kiritiladi. 

Uy parrandasi göştini olib kirişga imtiyozlar bekor qilinadi

Yangi söyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi göşti va qöşimça ozuqabop mahsulotlari (butun göşt, qanot, bel, böyin, okoroçok, golen, son, qiyma va teri) Özbekiston hududiga olib kirişda bojxona boji böyiça imtiyoz berilgan edi.  

Öquv markazlari reytingi tuziladi 

Yoşlar işlari agentligi har yili xususiy öquv markazlarining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri kesimidagi reytingini tuzişni boşlaydi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi. 

Ayollar va bolalar uçun birlamçi kömak xonalari işga tuşiriladi 

 

Barça hududlarda şoşilinç qabul bölimida tunu-kun işlaydigan birlamçi  kömak xonalari taşkil etiladi. 

Alkogol mahsulotlari ustidan yangi nazorat çoralari örnatiladi

Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini işlab çiqarişda qöşimça litsenziya talablari joriy etiladi.

Yaşirin işlab çiqariş, aktsiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini işlab çiqariş holatlari aniqlanganda işlab çiqariş uskunalari davlat foydasiga ötkaziladi.

Qalbaki aktsiz markali, aktsiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvçi organlar tomonidan muomaladan olinadi va uşbu mahsulotlar bilan savdo qiliş huquqini beruvçi litsenziya (ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi.  

Qurilişi tugallangan obʼektlar elektron platforma orqali qabul qilinadi

Qurilişi tugallangan obʼektlarni foydalanişga qabul qiliş jarayoni raqamlaştirilgan holda, «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimining «Qurilişda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylaştiriladi. 

Sport tovarlarini bojlardan ozod etiş muddati yakunlanadi 

Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, Milliy paralimpiya qömitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça xorijdan olib kelinadigan, Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan sport aşyolari 2024 yil 

1 oktyabrga qadar bojxona bojidan ozod etilgan edi.

Ayollar muammolarini örganiş uçun yangi modul 

«Xotin-qizlar.uz» platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini örganiş va tizimli hal etiş moduli işga tuşiriladi.

 «Mahalla yettiligi» fuqarolarning muammolarini hal qiladi 

Fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlaş va hal qiliş bilan «Mahalla yettiligi» vakillari yagona sörovnoma asosida şuğullanadi. U «Raqamli mahalla» platformasida joylaştiriladi. «Mahalla yettiligi» foydalanayotgan mavjud elektron platformalar «Raqamli mahalla» platformasi bilan integratsiya qilinadi. 

Xavfli yuklar ustidan nazorat sohasi raqamlaştiriladi

Tranzit qilinayotgan xavfli yuklar onlayn (GPS) kuzatib boriladi.

Yer qaʼridan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rağbatlantiriladi

Jismoniy şaxslar tomonidan Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qaʼridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda körib çiqilib, ularni yuborgan şaxslar pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Vazirlikning rasmiy veb-saytida «Kon-geologiya xizmatlari» moduli joriy etiladi va unda toğ-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yurituvçi yuridik va jismoniy şaxslarning reytingi yuritiladi. 

Texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi huquqbuzarliklar böyiça çoralar belgilanmoqda 

Texnik jihatdan talablarga nomuvofiq mahsulotni muomaladan çiqariş yoki mahsulotning kamida 60 foizini çaqirib oliş töğrisidagi körsatmalarni bajarmaganlik uçun – yuridik şaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qöllanadi.

Sertifikatlaştiriş organining qoidalarga rioya etmaganligi natijasida sifatsiz mahsulotlar qilinganligi holatlari aniqlanganda, mazkur organning sertifikatlaş faoliyatini töxtatib turiladi. 


×