Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga harbiy kontingent yuboriş ehtimoli böyiça munozaralarni boşlab, öt bilan öynamoqda, deydi Rossiya TIV vakili Aleksey Polişuk.
«Bunday suhbatlar xavotirga sabab bölmasdan qolmaydi. Ukrainaga harbiy aralaşuvga çaqirayotgan siyosatçilar öt bilan öynaşmoqda», — dedi diplomat Frantsiya rahbarining tegişli bayonotlarini şarhlar ekan.
Uning fikriça, köplab ğarb siyosatçilari öz davlatlarining milliy manfaatlarini siyosiy vaziyat uçun qurbon qilişmoqda. «Aftidan, ular inqirozning kuçayişi va xavf oşişini tuşunmayotganga öxşaydi. Bu siyosiy infantilizm. Kiyev rejimiga qurol-yaroğ yetkazişda davom etiş oqibatlari haqida bizning ogohlantirişlarimiz eʼtiborga olinmayapti», — deya taʼkidlagan Polişuk.
Avvalroq Makron Ğarbning 20 ga yaqin davlati vakillari iştirokida Parijda bölib ötgan uçraşuvda Ukrainaga quruqlikdagi qöşinlar yuborilişi mumkinligi mavzusi kötarilganini maʼlum qilgandi. Uning sözlariga köra, iştirokçilar bu masala böyiça konsensusga erişa olişmagan, ammo kelajakda bunday stsenariyni ham istisno qilib bölmaydi.









