Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning davlat taşrifi oldidan Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyan şahri köçalarida Rossiya bayroqlari paydo böldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Naşrning maʼlum qilişiça, poytaxt yöllarida KXDR bayroqlari ham körinadi. Bannerlar aeroportdan şahar markazigaça bölgan yirik yöllar böylab binolar va çiroq ustunlariga osib qöyilgan. Bir qança osmonöpar binolarning fasadlari ham davlat bayroqlari bilan bezatilgan.
Aeroportda rossiyalik mehmonlar rus va koreys tillarida yozilgan “Yaşasin buzilmas rus-koreya döstligi va birligi”, “Yaşasin ikki davlat – Koreya va Rossiya xalqlari örtasidagi buzilmas birdamlik” degan bannerlar bilan kutib olinmoqda.
24 yil içida ilk bor Şimoliy Koreyaga safar qiladigan Putin uning Ukrainaga bostirib kirişini qatʼiy qöllab-quvvatlagan Kim Çen Inni yuksak qadrlaşini aytdi. Uning sözlariga köra, ikkala davlat ham Ğarbning özaro hurmat qilişga asoslangan köp qutbli dunyo tartibini örnatişga tösqinlik qiliş borasidagi işlariga qatʼiy qarşilik körsatişda davom etadi.
Putinga köra, Rossiya va Şimoliy Koreya Ğarb davlatlari tomonidan nazorat qilinmaydigan savdo va tölov tizimlarini işlab çiqişadi va özlariga qöllanayotgan sanktsiyalarga birgalikda qarşi çiqişadi.
Maʼlumot uçun, Şimoliy Koreya yadro quroli va raketa dasturlari tufayli BMT Xavfsizlik Kengaşining oğir iqtisodiy sanktsiyalari ostida qolmoqda. Rossiya esa AQŞ va uning ğarbiy hamkorlari tomonidan Ukrainada olib borayotgan harbiy tadbirlari sababli sanktsiyalar bilan kuraşmoqda.









