Kreyg Moxiber BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissarligining Nyu-Yorkdagi idorasi direktori lavozimidan isteʼfoga çiqdi. Çunki u 30 yildan ortiq işlagan jahon taşkiloti Isroil-Falastin mojarosini hal qiliş böyiça öz vazifalarini bajara olmayapti, deb hisoblaydi. Bu haqda uning BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Volker Turkga yöllagan maktubida aytiladi.
“Bu BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissarligining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi direktori sifatida siz bilan sönggi rasmiy muloqotim. Biz yana bir bor köz öngimizda genotsid sodir bölayotganiga guvoh bölyapmiz va biz işlayotgan taşkilot buni töxtatişga ojizdir”, deb yozgan u.
Uning qayd etişiça bu genotsidning darslik namunasidir.
“Qöşma Ştatlar, Buyuk Britaniya va Yevropaning katta qismi hukumatlari dahşatli hujumga töliq şerik bölişdi. Bu hukumatlar nafaqat Jeneva konventsiyalari böyiça öz majburiyatlarini bajarişdan boş tortmoqda, balki ular hujumlarni qurollantirmoqda, iqtisodiy va razvedka yordamini körsatmoqda va Isroil vahşiyliklarini siyosiy va iqtisodiy himoya qilmoqda”, deydi isteʼfoga çiqayotgan amaldor.
Moxiberning qayd etişiça, sönggi ön yilliklarda BMTning asosiy tuzilmalari öz printsiplari va xalqaro huquqdan uzoqlaşib, Qöşma Ştatlar kuçiga, şuningdek, Isroil lobbisi qörquviga böysungan.
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi “Al-Nakba” (Falastinliklar 1948 yil 14 mayda Isroil davlati eʼlon qilinganidan keyin 15 may kuni “Falokat kuni”ni nişonlaydilar) bilan bir yilda qabul qilingani hayratlanarli tarixiy kinoyadir.
Tinçlik rejasi
Rasmiy 10 banddan iborat rejani taklif qildi, uning amalga oşirilişi, uning fikriça, BMTga Falastin-Isroil mojarosini hal qilişda yordam berişi mumkin. Bular butun tarixiy Falastinda nasroniylar, musulmonlar, yahudiylar uçun teng huquqli yagona demokratik, dunyoviy davlat yaratişni qöllab-quvvatlaş va tinç aholini himoya qiliş uçun BMT mandatiga ega bölgan yaxşi jihozlangan kuçlarni joylaştirişni öz içiga oladi.
Moxiberning fikriça, BMT Isroilning yirik yadroviy, kimyoviy va biologik qurol arsenallarini yöq qiliş tarafdori bölişi, Amerika Qöşma Ştatlari va boşqa Ğarb davlatlari işonçli vositaçilar emasligi hamda mojaroning ança faol tomonlari va Falastin aholisining huquqlarini buzişda Isroil bilan şerik ekanligini tan olişi kerak.
“Biz bu şunçaki yer yoki din böyiça ikki tomonlama ziddiyat deb daʼvo qilişni bas qilişimiz va nomutanosib ravişda kuçliroq davlatning mahalliy aholini millatiga köra mustamlaka qiliş, quvğin qiliş va egallab oliş haqiqatini tan olişimiz kerak”, deyiladi maktubda.
Uning bildirişiça, bunga erişiş uçun yillar kerak böladi va Ğarb davlatlari bu borada har qadamda qarşilik körsatadi.
“Qisqa muddatda biz zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, şuningdek, Ğazoning önlab yillar davom etgan qamalini töxtatiş, Ğazo, Quddus va Ğarbiy Sohilda etnik tozalaşga qarşi kuraşişimiz, Ğazoga genotsid hujumini hujjatlaştiriş, falastinliklarga katta miqdordagi gumanitar yordam va rekonstruktsiya resurslarini yetkazib berişga yordam beriş, jarohatlangan hamkasblar va ularning oilalariga ğamxörlik qiliş va BMT siyosiy tuzilmalarida printsiplarga asoslangan yondaşuv uçun tiş va tirnoq bilan kuraşişimiz kerak”, deydi Moxiber.
Maktubi oxirida Moxiber BMTning Falastin masalasida mağlubiyatga uçragani jahon taşkilotining bu masaladan uzoqlaşişiga sabab bölmasligi kerakligini aytgan.
“Dunyo bizga qaraydi, bu tarixiy lahzada qaysi tomonda ekanligimiz uçun barçamiz javobgar bölamiz. Keling, adolat tarafini tanlaylik”,deya xulosa qilgan u.









