Navoiy viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda «Bu qizni heç kim qaytara olmayapti» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, Navoiy tumanida tuğilgan 38 yoşli Ş.D. 9 mart kuni soat 07:30 larda qizi A.R. bilan birgalikda Karmana tumani «Beşkent» mahallasida joylaşgan umumiy ovqatlaniş joyida jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, özaro janjal kötargan. Xususan, ayol fuqaro B.N.ni qöl va oyoqlari bilan urib, uning ustiga qizib turgan yoğni sepib yuborgan. Karmana tumani STEBning xulosasiga köra, B.N.ga öng qöl bilak sohasi va barmoqlar uçki sohalari taxminan 2-3 foiz yuzasining I-II darajali termik kuyişi (yoğdan) kabi jarohat yetkazilgan.
Bundan taşqari, u özining jinoiy xatti-harakatlarini takroran davom ettirib, 18 mart kuni taxminan soat 17:30 larda öğli A.A. bilan birgalikda yana öşa joyda fuqaro B.N. bilan janjallaşgan. Janjal vaqtida B.N.ni qöl va oyoqlari bilan tanasining turli sohalariga urib-tepib, unga tan jarohati yetkazgan.
Taʼkidlanişiça, fuqaro Ş.D. va uning voyaga yetmagan farzandlari bir guruh bölib sodir etgan mazkur harakatlarga tergov jarayonida huquqiy baho beriladi.
Axloq qoidalarini mensimasdan, namoyişkorona bezorilik qilgani uçun fuqaro Ş.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvçi ayni paytda protsessual tartibda uşlangan.









