IIB xodimlari va fuqarolar örtasida janjal sodir böldi

IIB xodimlari va fuqarolar örtasida janjal sodir böldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida içki işlar xodimlari va fuqarolar örtasida janjal sodir bölgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB Matbuot xizmati maʼlumot berdi. 

Aniqlik kiritilişiça, joriy yilning 8 avgust kuni soat 23:45 atrofida Samarqand şahar Göröğli köçasida tungi xizmatni olib borayotgan hodimlar yoniga, şu köçada yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan D.Muhiddin mast holatda kelib, heç bir sababsiz baqir-çaqir qilib, jamiyatda örnatilgan tartib qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralaşgan.

Fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib boriş davomida, u xodimlarga faol qarşilik körsatgan. Holatga D.Muhiddinning yaqinlari ham qöşilib uni qöyib yuborişlarini söragan.

Mazkur holat qonuniy tartibda rasmiylaştirilib, D.Muhiddinga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining tegişli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

×