Bolalarini ajratişga çiqqan ota-onalar örtasida janjal sodir böldi

Bolalarini ajratişga çiqqan ota-onalar örtasida janjal sodir böldi

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida özaro uruşib qolgan bolalarini ajratişga çiqqan ota-onalar örtasida janjal sodir böldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Maʼlum qilinişiça, 12 sentyabr kuni Uçtepa tumanida yoş bolalar özaro janjallaşib qolgan. Ularni ajratişga çiqqan yaqinlari 51 yoşli L.Ya., uning qizi 26 yoşli D.I. va 32 yoşli B.R. hamda uning turmuş örtoği 40 yoşli J.R. örtasida mojaro yuzaga kelgan. Kattalar bir-birini haqorat qilib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzgan.

Şundan söng L.Ya. Uçtepa tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi yuzasidan ötkazilgan tekşiruv natijasi böyiça fuqarolarning barçasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan va hujjatlar qonuniy qaror qabul qilişlik uçun tuman sudiga taqdim etilgan.

Şuningdek, taʼkidlanişiça, özaro janjallaşgan bolalardan heç kim sud tibbiy ekspertizadan ötmagan.

Avvalroq Andijonda maktab öquvçisi uç nafar tengdoşini piçoqlagani, Farğonada piçoq va qiliçlari bölgan 20 nafarga yaqin şaxs iştirokida janjal bölgani töğrisida xabar berilgandi.

×