«Pump-and-dump» va Hamster Kombat firibgarlikmi?

«Pump-and-dump» va Hamster Kombat firibgarlikmi?

Moliyaviy spekulyatsiyada «Pump-and-dump» («şişir va qoç») degan usul bor. Bunda spekulyativ investorlar fribgarlik yöli bilan maʼlum bir qimmatli qoğozni çiqarib va uning narxini suniy qimmatlatişadi va oxirida qoçib qolişadi. Masalan, boşida bu qimmatli qoğozlarni özlarining odamlariga qimmat narxlarda sotib olişga va bozorda suniy talab yaratişga buyuruq beradilar. Narxni oşib borayotganini körganlar (keyinroq qimmatga sotib yuboriş maqsadida) öşa qimmatli qoğozlarni sotib ola boşlaydi. Narx şu darajada oşib «yoriliş»ga kelganda, yuqoridagi firibgarlar oldinroq arzon narxlarda olib qöygan qimmatli qoğozlarini juda ham katta summaga sotib yuborib, bozordan sekingina çiqib ketadilar.

Xulosa qilib aytganda, firibgarlar avvalo narxni sunʼiy şişirib, keyin qoçib qoladilar. Şuning uçun bu usul «şişir va qoç» deb ataladi.

Na egasi, na unsuri, na qonunçiligi nomaʼlum bölgan Notcoin va Hamster Kombat kabi kiripto-pul öyinlarida ham mana şunday usul közga taşlanadi. Avvalo narxlar kötarilişni boşlaydi va qaçondir narx pufagi yorilib, firibgarlar daromadda, qolganlar esa ziyonda qolaverişadi. Töğri, yutganlar ham böladi, lekin bu yutuq boşqalarning yutqizişi evaziga böladi (zero-sum-game). Bu esa ayni qimorning özginasi.

Izoh: Hamster Kombat aynan kripto-pul emas, balki u kripto-pul işlab olişning bir usuli. Kripto-pullarda esa aynan qimor va «şişir va qoç» usullarini osongina amalga oşirsa böladi. Nomaʼlum narsalar esa oqil insonni undan çetlaşga undaydi.

Valijon Töraqulov

Maʼlumot uçun, Hamster Combat – bu oddiy çertiş öyini bölib, unda öyinçilar kriptovalyutaga almaştirilişi mumkin bölgan öyin içidagi raqamlarni oliş uçun turli harakatlarni amalga oşirişlari kerak böladi. Ular telegramdagi maxsus bot orqali öz virtual valyutalarini yiğib boradilar. Öyin soddaligi va oson daromad oliş mumkinligi haqidagi vaʼdalar tufayli tezda maşhurlikka erişgan.


Manba: Xabar.uz

×