OAVda «Özbekkontsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov bilan uyuştirilgan suhbat ÖzAda eʼlon qilindi.
Suhbatda rahbar rep yönalişiga qança taqiq qöyilgan bölsa unga qiziqiş şunça oşib ketganini taʼkidladi.
Şuning uçun eng avvalo mazkur yönalişga qiziquvçilar bilan muloqotga kirişgan holda ularning qiziqişini, qobiliyatini yuzaga çiqarişga yordam berişimiz lozim, deydi direktor.
Aslida reperlarga vaqtida eʼtibor qaratmaganimiz sababli ular öz bilganiça harakat qilib, turli haqoratomuz matnlardan yoki darğazab sözlardan rep aytib, ğarbona liboslarga taqlid qilib xalqimizning salbiy munosabatiga sabab bölişdi. Ammo rep ham dunyoda tan olingan musiqiy janr va uni tarbiyaviy ahamiyat bilan körsatib bersa böladi. Şuning uçun biz bugun ular bilan muloqotga kirişdik. Niyatimiz, rep yönalişidagi isteʼdodlarni milliy qadriyatlarimiz uyğunligidagi ijod bilan xalqimizga körsatiş va bu bilan ularga nisbatan şakllangan salbiy fikrlarni özgartiriş, deya qöşimça qildi O. Abduqahhorov.









