“Zagranpasport”ni endi DXMlarda ham oliş mumkin

“Zagranpasport”ni endi DXMlarda ham oliş mumkin

2022 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş içki işlar bölimlari bilan bir vaqtda Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali ham amalga oşiriladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, xorijga çiqiş uçun biometrik pasport ("Zagranpasport") beriş uçun tölov miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari (270 ming söm)ni taşkil etadi. 

Maʼlumot uçun, uşbu tölov miqdori avval BHMning 1,2 baravariga teng edi.

Xabarga köra, ayni vaqtda barça DXMlarda ham bunday imkoniyat yöq. Faqat quyidagi röyxatda keltirilgan davlat xizmatlari markazlaridan xorijga çiqiş uçun möljallangan biometrik pasport oliş mumkin: 

•  Toşkent şahridagi Mirobod, Yaşnobod, Uçtepa, Olmazor, Şayxontohur, Yangihayot, Çilonzor tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida, 6 yanvardan esa, Yakkasaroy, Yunusobod, Sergeli, Mirzo Uluğbek tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida;

•  Samarqand viloyatida Samarqand şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Andijon viloyatida esa Andijon şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Farğona viloyatida Farğona şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Xorazm viloyatida Urganç şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Jizzax viloyatida Jizzax şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Qaşqadaryo viloyatida Qarşi şahar va Şahrisabz şahar Davlat xizmatlari markazlarida;

•  Surxondaryo viloyatida Termiz şahar va Denov tumani Davlat xizmatlari markazlarida;

•  Buxoro viloyatida Buxoro şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Sirdaryo viloyatida Guliston şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Toşkent viloyatida Nurafşon şahar Davlat xizmatlari markazida;

•  Navoiy viloyatida Navoiy şahar Davlat xizmatlari markazida xorijga çiqiş biometrik pasportini beriş xizmati joriy etilgan

×