Putin Rossiyaning uçinçi poytaxti qayerda paydo bölişi mumkinligini aytdi

Putin Rossiyaning uçinçi poytaxti qayerda paydo bölişi mumkinligini aytdi

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF)dagi çiqişi avvalida RF prezidenti Vladimir Putin Rossiya özining uçinçi poytaxtiga ega bölişi mumkinligini, biroq bunga jozibali şart-şaroitlarni yaratiş orqali erişilişini taʼkidladi.

«Agar biz rivojlaniş uçun şaroit yaratsak, iqtisodiy faollik markazlari öz-özidan u yerga köçişni boşlaydi», — dedi Putin mamlakat poytaxti Uzoq Şarqqa köçişi ehtimoliga munosabat bildirarkan.

Bunga maʼmuriy yöl bilan emas, tabiiy, bozor usullari bilan erişiladi, dedi u.

Avvalroq Putin Uzoq Şarq Rossiya uçun butun XXI asr davomida strategik istiqbol bölib qolişini taʼkidlagandi. Bu makrohududga kiritilayotgan sarmoyalar dinamikasi mamlakatdagi örtaça körsatkiçdan uç baravar yuqori, qolaversa, sanoat ösişi ham umumrossiyaviy körsatkiçlardan oldinda.

Aksariyat siyosatçilar va tadbirkorlar poytaxtni mamlakat markaziga yaqinroqqa köçiriş ğoyasini ilgari surib kelişadi. Ayniqsa, Ğarb sanktsiyalaridan söng asosiy savdo va sarmoyalar oqimi Osiyo bilan amalga oşayotgan şaroitda bu masala yanada dolzarblaşgan. Biroq oddiy rossiyaliklar poytaxtni köçiriş ğoyasini sovuq qarşi olişgan.


×