Rossiya Prezidenti Vladimir Putin atrofidagi köpgina odamlar COVID-19 bilan kasallanganligini taʼkidladi va tez orada uning özi karantinga ötişi kerakligini maʼlum qildi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, davlat rahbari karantin haqida «majoziy maʼnoda» aytgan.
«Afsuski, hozir bizda ham... Şifokorlar örganişyapti ... hatto atrofimda ham kovid bilan boğliq muammolar paydo bölmoqda. Nima bölayotganini aniqlab olişimiz zarur. Öylaymanki, yaqinda özimni karantinga olişim kerak. Atrofda köpgina odamlar kasalllikka çalingan», — degan Putin Kremlda paralimpiyaçilar bilan suhbatda.
Peskov agentlikka Vladimir Putin koronavirus bilan boğliq vaziyat tufayli karantin qiliş haqida majoziy maʼnoda gapirayotganini tuşuntirgan. Kreml vakili, şuningdek, TASSga bergan intervyusida davlat rahbarining jadvalida hozirça özgarişlar yöqligini aytgan.
11 sentyabr kuni Putin Moskva hukumati koronavirus pandemiyasi davrida majburiy çeklovlar va normal rivojlaniş örtasida muvozanat topayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, bunda poytaxt meri Sergey Sobyanin va jamoasining xizmati katta.
Maʼlumotlarga köra, ötgan kun davomida Rossiyada 18 178 ta COVID-19 holati aniqlangan.









