Rossiyaning 2020 yilda eng köp boylik orttirgan milliarderlari röyxatida Alişer Usmonov uçinçi örinda qayd etildi

Rossiyaning 2020 yilda eng köp boylik orttirgan milliarderlari röyxatida Alişer Usmonov uçinçi örinda qayd etildi

Forbes jurnali 2020 yilda boyligi eng köp ösgan rossiyalik milliarderlarning reytingini tuzdi.
Reytingning birinçi örnidan senator Sulaymon Kerimov joy oldi. U bir yilda 11,5 milliard AQŞ dollariga boyigan. Uning boyligi ösişiga oltin narxining yil davomida yuqorilaşi sabab böldi. Hozirda Kerimov va uning oilasining boyligi 20,9 milliard AQŞ dollarga baholanmoqda.
Ikkinçi örinni «NLMK» hamraisi Vladimir Lisin egalladi. Yil davomida uning boyligi 5,4 milliard dollarga ösib, 26,2 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi. Lisinning boyligi ortişiga pölat narxlarining kötarilişi sabab bölgan.
Uçinçi örin USM Holdings hammuassisi Alişer Usmonovga nasib etdi. Bir yil içida u 3,6 milliard AQŞ dollariga boyidi va hozir uning boyligi 16,1 milliard dollarga baholanmoqda. Röyxatning boşqa aʼzolari singari, Alişer Usmonovga ham metallurgiya mahsulotlarining narxi kötarilişi yordam bergan.
Qayd etilişiça, boyligi 2020 yilda eng köp ösgan önta rus milliarderlarining boyliklari jami 33 milliard AQŞ dollariga ösgan.

×