Byudjet kodeksining 97-moddasiga asosan, Davlat byudjeti töğrisidagi qonun loyihasi va byudjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan keçiktirmay kiritilişi belgilangan. Lekin joriy yilning 9 noyabr holatiga, yaʼni belgilangan muddatdan 25 kun ötgan bölsada, byudjet loyihasi va byudjetnoma Qonunçilik palatasiga kiritilgani yöq. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev yozmoqda.
Deputatning taʼkidlaşiça, Byudjet kodeksiga ötgan yili kiritilgan özgartirişlarga asosan, kelgusi yil uçun yangilangan örta muddatli davr fiskal strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 iyuniga qadar tasdiqlanişi va tasdiqlangan fiskal strategiya maʼlumot uçun Oliy Majlis palatalariga taqdim etilişi hamda jamoatçilik uçun Moliya vazirligi veb-saytida eʼlon qilinişi belgilangan.
Ammo bu ham Belgilangan muddatdan deyarli 5 oy ötgan bölsada, örta muddatli fiskal strategiya na Oliy Majlis palatalariga kiritilgan, na Moliya vazirligi veb-saytida eʼlon qilingan.
“Özi umuman 2022 yil uçun yangilangan fiskal strategiya Moliya vazirligi tomonidan işlab çiqilganmi yoki yöq, bu ham nomaʼlum.
Töğri, bu yil mamlakat prezidentligiga saylov ötkazilgani va ğolib nomzod tomonidan saylovoldi dasturda ilgari surilgan masala va rejalar yangi byudjet loyihasida öz aksini topişi nuqtai nazaridan 2022 yil uçun byudjet loyihasini işlab çiqiş keçikişi tabiiy hol.
Lekin şunga qaramay, byudjet loyihasini Oliy Majlis palatalari tomonidan körib çiqilişi uçun ham yetarliça vaqt berilişi kerak. Garçi amalda deputatlar byudjet loyihasi parametrlariga jiddiy özgartiriş yoki qöşimça kiritolmasalarda, lekin byudjet muhokamasi uçun byudket kodeksida belgilangandek, qoida tariqasida, Qonunçilik palatasiga ham kamida bir oy muddat qoldirilişi kerak”, deydi Ğaniyev.
U byudjetnomani kiritişda keçikilgan vaqt uni Oliy Majlis palatalarida körib çiqiladigan muddatni qisqartiriş hisobiga qoplanmasligiga umid bildirdan.









