Eron endi yanada agressiv siyosat olib boradi – ekspert

Eron endi yanada agressiv siyosat olib boradi – ekspert

Eron yangi Prezident saylanganidan söng, yanada agressiv taşqi siyosat olib borişi mumkin. Bunday fikrni jahon siyosati va iqtisodiyoti, şuningdek, AQŞning harbiy-strategik faoliyatiga ixtisoslaşgan publitsist Uilyam Engdal bildirdi. 

Eronda prezidentlik saylovlari joriy yilning 28 iyuniga belgilangan. Turkiyalik ekspertlar asosiy kuraş parlamentning sobiq va amaldagi spikerlari Ali Larijoniy va Muhammad Bağir Ğolibaf örtasida keçişi mumkinligini istisno qilmayapti. 

“Eronning vafot etgan Prezidenti Ibrohim Raisiy Eronning harbiy yoki diplomatik siyosatida hal qiluvçi şaxs emas, balki içki jarayonlarga taʼsir körsatgan. U qattiq status-kvoni ifodalagan va mamlakatning keyingi diniy rahbari sifatida körilgan. Raisiyning ölimi Eronda hokimiyat böşliğini yaratdi, bu böşliqni katta ehtimol bilan konservativ va kalxat siyosatçi töldiradi. Eron prezidentining ölimi jahon diplomatiyasida ham böşliqni yuzaga keltiradi, Ğarb Eron bilan munosabatlarda, ayniqsa, yadroviy kelişuv haqida gap ketganda, nufuzli suhbatdoşni körişni istaydi”, deydi ekspert Turkiyaning “Haber Global” telekanali efirida. 

Uning qayd etişiça, Erondagi prezidentlik saylovlari oldidan Tehron va Tel-Aviv örtasidagi mojaroda, şuningdek, Qöşma Ştatlar bilan bilvosita muzokaralarda salbiy yoki ijobiy özgarişlar bölişini kutmaslik kerak. Bu bosqiçda qarorni Eronning ruhiy rahbari Ali Xomanaiy qabul qiladi.

Maʼlumot uçun, 19 may kuni Eronning Şarqiy Ozarbayjon viloyatida Eron Prezidenti ötirgan vertolyot halokatga uçradi. Unda mamlakat Taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Şarqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Malik Rahmati va Tabriz şahrining imomi Muhammad Ali Ale Hoşem ham bölgan. Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pir Husayn Kolivandning aytişiça, halokatda vertolyotning barça yölovçilari va ekipaj aʼzolari halok bölgan. Eron vitse-prezidenti Mohsin Mansuriy prezident va unga hamrohlik qilayotganlarning ölimi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Eronning amaldagi vitse-prezidenti Muhammad Moxber vaqtinçalik Eron Prezidenti bölişi maʼlum qilingandi. Eron Taşqi işlar vaziri örinbosari Ali Bageri Kani esa sobiq taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon vafotidan keyin vaqtinçalik taşqi işlar vaziri vazifani bajaruvçi etib tayinlandi. Mamlakat parlamenti Içki işlar qömitasi raisi Muhammad Solih Jokar Eronda navbatdan taşqari prezidentlik saylovlari kelasi 50 kun içida bölib ötişi kerakligini aytdi. Respublika saylov ştabining matbuot kotibi Muhsin Islomiy Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bölib ötişini maʼlum qildi. Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Prezident Ibrohim Raisiy va uning hamrohlari vertolyot halokatida vafot etgani munosabati bilan 5 kunlik motam eʼlon qildi. 

Eslatib ötamiz, 21 may kuni Tabriz şahrida Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan rasmiylar bilan vidolaşuv marosimi bölib ötgandi. 22 may kuni Eron poytaxti Tehron şahrida Prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolaşuv marosimida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etişi maʼlum qilindi.


×