Joriy yilning 25 sentyabr kunidan boşlab Eron va Pokiston davlatlaridan olib kirilayotgan isteʼmol kartoşka mahsulotlarida Özbekiston Respublikasi hududi uçun karantin ahamiyatiga ega öta xavfli zararli organizmlar – oltinrang va nimrang nematodalar bilan zararlaniş holatlari tizimli ravişda aniqlanmoqda. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot kotibi Sabina Sadinova maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, xalqaro ekspertlarning hisob-kitobiga köra, nematodalarning qişloq xöjaligi ekinlariga yillik zarari butun dunyo miqyosida 100 milliard dollardan oşmoqda.
“Respublika hududida 86,529 ming gektar kartoşka, 24,591 ming gektar pomidor, 12,7 ming gektar qalampir va 137 ming gektar poliz ekinlari yetiştirilayotganini inobatga olinsa, xavf kölami yanada yaqqol namoyon böladi.
Zararkunandalar tarqalgan hududlarda 30 yilgaça kartoşka va poliz ekinlarini yetiştirib bölmaydi”, deydi Sabina Sadinova.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning avgust oyidan bugungi kunga qadar respublika hududiga 110 ming tonna isteʼmol kartoşkasi olib kirilgan bölib, şundan 104 ming tonna mahsulotga fitosanitar talablarga muvofiqligi töğrisida fitosanitar sertifikatlar taqdim etilgan.
Şu bilan birga, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tezkor ravişda xavfli nematodalar aniqlangan isteʼmol kartoşka mahsulotining 3 525 tonnasi (3,2 foizi) eksportyor davlatga qaytarildi. 775 tonna (0,7 foizi) mahsulotni esa tadbirkorlik subektlari tomonidan qaytariş imkoniyati yöqligi tufayli maxsus obʼektlarda yöq qilingan.









